Go‘sht, jun va kashemir: O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston tadbirkorlari hamkorlikni muhokama qildi

© Foto: Ministerstvo selskogo xozaystvaFlagi Mongoliya i Uzbekistan
Flagi Mongoliya i Uzbekistan  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Obuna bo‘lish
Ishbilarmonlar transport logistikasidagi to‘siqlarni birgalikda bartaraf etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batordagi "O‘zbekiston savdo markazi"da bo‘lib o‘tgan Mo‘g‘uliston-O‘zbekiston biznes uchrashuvida O‘zbekistonning 20ta dan ortiq tashqi savdo, go‘sht, jun va kashemir, tikuvchilik kompaniyalari vakillari potensial hamkorlar bilan tanishish va fikr almashish uchun ishtirok etdi. Bu haqda Mo‘g‘uliston Milliy savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Ulan-Batorda "O‘zbekiston savdo markazi"ning ochilishi nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini qo‘llab-quvvatlash uchun yangi imkoniyat yaratdi, balki hozirda Mo‘g‘ulistonda O‘zbekiston sarmoyasi ishtirokidagi 24 ta kompaniya faoliyat yuritayotganini va kelajakda bu raqam yanada oshishi kutilayotganini ko‘rsatdi, deya ta’kidladi uchrashuv ishtirokchilari.
© mongolchamber.mnMongoliya i Uzbekistan proveli vstrechu dlya sovmestnogo ustraneniya prepatstviy v transportnoy logistike
Mongoliya i Uzbekistan proveli vstrechu dlya sovmestnogo ustraneniya prepatstviy v transportnoy logistike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Mongoliya i Uzbekistan proveli vstrechu dlya sovmestnogo ustraneniya prepatstviy v transportnoy logistike
Uchrashuv yakunida ishbilarmonlar qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eng avvalo, mavjud transport-logistika muammolarini birgalikda hal etish yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, o‘tgan yili ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 10,6 million dollarni tashkil etdi, shundan O‘zbekiston eksporti 4,7 million dollarni, importi esa 5,9 dollarni tashkil etganligi qayd etildi.
Dobicha uranovoy rudi. Arxivnoe foto
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Mo‘g‘ulistonda uran qazib olish bo‘yicha O‘zbekiston bilan qo‘shma loyiha yo‘lga qo‘yilmoqda
Yangiliklar lentasi
0