https://oz.sputniknews.uz/20250912/russia-belarus-garb-2025-mashgulot-51917062.html
G‘arb-2025: Rossiya va Belarus mashg‘ulotlari boshlandi
G‘arb-2025: Rossiya va Belarus mashg‘ulotlari boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Belarusning "G‘arb-2025" qo‘shma strategik mashg‘ulotlari boshlandi
2025-09-12T12:21+0500
2025-09-12T12:21+0500
2025-09-12T12:21+0500
dunyoda
rossiya
belarus
harbiy hamkorlik
taktik o‘quv mashg‘ulotlari
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0c/51917520_0:0:1920:1080_1920x0_80_0_0_379e20b0b625d77d04e14d4599a458b3.jpg
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya va Belarusning "G‘arb-2025" qo‘shma strategik mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.Xabarda ta’kidlanishicha, harbiy manyovrlar ikki davlat poligonlarida hamda Boltiq va Barens dengizlari akvatoriyalarida o‘tkazilmoqda.Hozirda mashg‘ulotlar ikki bosqichdan iboratligi aytilmoqda. Ular:Shuningdek, qo‘shimcha qilib, tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun mashg‘ulotlarga Kollektiv xavfsizlik shartnomasini tuzish (KXShT) a’zolari, ShHT va boshqa hamkor davlatlarning harbiy boshqaruv organlari tezkor guruhlari va harbiy kontingentlari taklif etilgani aytilmoqda."G‘arb-2025" manyovrlari joriy yilda Rossiya va Belarus Qurolli kuchlarining qo‘shma tayyorgarligining yakunlovchi bosqichi bo‘ladi. Ularning maqsadi qo‘mondonlik tarkibi va shtablarning ko‘nikmalarini, shuningdek, tinchlikni saqlash, manfaatlarni himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlash uchun mintaqaviy va koalitsiya qo‘shinlari guruhlarining o‘zaro hamkorligi va dala tayyorgarligini oshirishdan iboratdir.
https://oz.sputniknews.uz/20250801/lukashenko-putin-asosiy-bayonotlar-50997113.html
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Nachalo voyennix ucheniy "Zapad-2025"
Sputnik O‘zbekiston
Startovali sovmestnie strategicheskie ucheniya Rossii i Belorussii "Zapad-2025", soobshili v Minoboroni.
2025-09-12T12:21+0500
true
PT1M49S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0c/51917520_240:0:1680:1080_1920x0_80_0_0_01c54aa402771089821b41bb88d1aef4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya belarus g‘arb-2025 strategiya mashg‘ulot
rossiya belarus g‘arb-2025 strategiya mashg‘ulot
G‘arb-2025: Rossiya va Belarus mashg‘ulotlari boshlandi
Tayyorgarlik ikki bosqichda amalga oshirilmoqda/
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Rossiya va Belarusning "G‘arb-2025" qo‘shma strategik mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi
ma’lum qildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, harbiy manyovrlar ikki davlat poligonlarida hamda Boltiq va Barens dengizlari akvatoriyalarida o‘tkazilmoqda.
"Ittifoqdosh davlatga qarshi tajovuzni bartaraf etishda qo‘shinlarning turlararo, mintaqaviy va koalitsion guruhlarini boshqarish masalalarini, tahdidlarni bartaraf etish va uning chegaralaridagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha qo‘shma harakatlarning turli variantlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan", – deb ta’kidlandi vazirlik xabarida.
Hozirda mashg‘ulotlar ikki bosqichdan iboratligi aytilmoqda. Ular:
1.
ittifoqdosh davlatga qarshi tajovuzni qaytarishda birlashmalar va harbiy qismlarni boshqarishni mashq qilish, shuningdek, vazifalarni bajarish uchun o‘zaro hamkorlik va barcha turdagi ta’minotni tashkil etish;
2.
ittifoqdosh davlatning hududiy yaxlitligini tiklash, dushmanni tor-mor qilishda, shu jumladan, hamkor davlatlar qo‘shinlarining koalitsion guruhi ishtirokida qo‘shinlar va kuchlarni boshqarish.
Shuningdek, qo‘shimcha qilib, tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini amalga oshirish uchun mashg‘ulotlarga Kollektiv xavfsizlik shartnomasini tuzish (KXShT) a’zolari, ShHT va boshqa hamkor davlatlarning harbiy boshqaruv organlari tezkor guruhlari va harbiy kontingentlari taklif etilgani aytilmoqda.
"G‘arb-2025" manyovrlari joriy yilda Rossiya va Belarus Qurolli kuchlarining qo‘shma tayyorgarligining yakunlovchi bosqichi bo‘ladi. Ularning maqsadi qo‘mondonlik tarkibi va shtablarning ko‘nikmalarini, shuningdek, tinchlikni saqlash, manfaatlarni himoya qilish va xavfsizlikni ta’minlash uchun mintaqaviy va koalitsiya qo‘shinlari guruhlarining o‘zaro hamkorligi va dala tayyorgarligini oshirishdan iboratdir.