Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda mulk obyektlari haqida ma’lumot qidirish xizmati ishga tushiriladi

© Unsplash / Luis VillasmilMobilniy telefon v ruke mujchini
Mobilniy telefon v ruke mujchini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Obuna bo‘lish
Mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish davrida ayni axborot resursi hamkorlar uchun vaqt va mablag‘ni tejashga yordam beradi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) kengashi yig‘ilishda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlarida sanoat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qidirish xizmatini yaratish haqidagi Bitim loyihasi ma’qullandi va imzolash uchun YeOII mamlakatlariga yuborildi. Hujjat 2025-yilgacha mo‘ljallangan Strategiyani amalga oshirish doirasida tayyorlangani xususida YeIK matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi xizmat Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyada himoya qilinadigan tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari, geografik ko‘rsatkichlar va tovarlarning kelib chiqish joyi nomlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birlashtiruvchi umumiy axborot resursini yaratishni ta’minlaydi.
Undan ko‘zlangan asosiy maqsad – huquq egalari, tadbirkorlar, patent vakillari va davlat idoralariga "yagona darcha" tamoyili asosida ma’lumotlardan qulay va tez foydalanish imkoniyatini taqdim etish.

“Bu xizmat shunchaki texnik yechim emas, balki butun Ittifoq hududida innovatsiyalar va halol raqobatni himoya qilishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilgan sarmoyadir. U tovar belgisi yoki tovarning kelib chiqish joyi nomini ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin uning noyobligini tekshirishda vaqt va moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytiradi, shuningdek, intellektual mulk huquqlarini himoya qilishning shaffofligi va samaradorligini oshiradi”, – deya izoh beradi YeIK iqtisodiyot va moliya siyosati vaziri Baxit Sultanov.

Hozirda barcha manfaatdor foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladigan umumiy axborot resursini shakllantirish va jarayonni texnik qo‘llab-quvvatlash YeIK zimmasiga yuklatilgan.
Ministr YeEK Kojoshev i zamestitel genseka ShOS Mitxun - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII va ShHT energetika va transport sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi
Yangiliklar lentasi
0