2026 yilda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkaziladi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyVserossiyskaya perepis nacyeleniya v regionax Rossii.
Vserossiyskaya perepis nacyeleniya v regionax Rossii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2025
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatga olish natijasida 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.
TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr kuni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonda umummilliy ro‘yxatga olish oxirgi marta 1989-yilda o‘tkazilgan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” qonun qabul qilinib, aholini har 10-yilda, qishloq xo‘jaligini esa har 5-yilda kamida bir marta ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.
Shu bois 2021-yilda aholini, 2022-yilda esa qishloq xo‘jaligini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazildi.
Taqdimotda xalqaro tajribadan kelib chiqib hamda Jahon banki, YuNFPA va FAO tashkilotlari ishtirokida ishlab chiqilgan aholi va qishloq xo‘jaligini bir vaqtda ro‘yxatdan o‘tkazish taklifi ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi. Uning dastlabki 17 kuni internet orqali, keyingi bir oy mobaynida esa “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshirilishi belgilanmoqda.
Mazkur usul orqali xarajatlar sezilarli qisqarib, 1,3 trillion so‘m mablag‘ tejaladi. Savollarning soni avval rejalashtirilgan 328 tadan 71 taga qisqartirildi.
Mamlakatdagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati, chorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi. Bu orqali qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilayotgan yillik 25,6 trillion so‘m, jumladan, 2,2 trillion so‘m budjet mablag‘larining samaradorligi, sohadagi xizmatlar hajmi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ma’lumotlar to‘plami yaratiladi.
Umuman, mazkur tadbirlar aholi va qishloq xo‘jaligining real ko‘rsatkichlarini aniq belgilash, davlat dasturlarini maqsadli hamda samarali amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qulladi.
Festival remesel v Kokande. Prazdnichnoe shestvie - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
O‘zbekiston aholisi 38 milliondan oshdi
Yangiliklar lentasi
0