https://oz.sputniknews.uz/20250911/uzbekistan-sent-lusia-diplomat-aloqa-51900129.html
O‘zbekiston Sent-Lyusiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
O‘zbekiston Sent-Lyusiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Sent-Lyusiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma bitim imzolandi
2025-09-11T15:45+0500
2025-09-11T15:45+0500
2025-09-11T16:33+0500
siyosat
o‘zbekiston
diplomatik munosabatlar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0b/51894255_0:56:544:361_1920x0_80_0_0_7cf516c840ee2cfbb6f324454d7d9868.jpg
TOShKENT, 11-sen – Sputnik. O‘zbekiston va Sent-Lyusiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bitim imzolandi. Bu haqida "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.Qayd etilishicha, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatlarni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Ramballi imzolashgan.Tomonlar xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishgan.Ta’kidlanishicha, mazkur hujjatlarning imzolanishi O‘zbekistonning Karib havzasi mamlakatlari bilan hamkorligini jonlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.E’tirof etish joizki, Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Lyusiya orol davlati O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-mamlakatdir.Ma’lumot o‘rnida: Sent-Lyusiya Karib dengizida joylashgan orol davlati bo‘lib, qariyb 190 ming aholi soniga ega. Uning iqtisodiyoti asosan turizm va qishloq xo‘jaligiga tayanadi. Mamlakat tropik tabiati va xalqaro madaniy tadbirlari bilan mashhur.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/0b/51894255_1:0:528:395_1920x0_80_0_0_5262b6ef30e6129e39cbe82b28d2115b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston sent-lyusiya diplomat aloqa bitim imzo
o‘zbekiston sent-lyusiya diplomat aloqa bitim imzo
O‘zbekiston Sent-Lyusiya bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi
15:45 11.09.2025 (yangilandi: 16:33 11.09.2025) Hamkorlik o‘z ichiga savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi sheriklikni qamrab oladi.
TOShKENT, 11-sen – Sputnik. O‘zbekiston va Sent-Lyusiya o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bitim imzolandi. Bu haqida "Dunyo" axborot agentligi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatlarni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Sent-Lyusiyaning BMTdagi doimiy vakili Menissa Ramballi imzolashgan.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, xususan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olishgan.
“Siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik yo‘nalishlarini izlash bo‘yicha ikki tomonlama aloqalarni faollashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi”, – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, mazkur hujjatlarning imzolanishi O‘zbekistonning Karib havzasi mamlakatlari bilan hamkorligini jonlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
E’tirof etish joizki, Karib dengizining sharqiy qismida joylashgan Sent-Lyusiya orol davlati O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 163-mamlakatdir.
Ma’lumot o‘rnida: Sent-Lyusiya Karib dengizida joylashgan orol davlati bo‘lib, qariyb 190 ming aholi soniga ega. Uning iqtisodiyoti asosan turizm va qishloq xo‘jaligiga tayanadi. Mamlakat tropik tabiati va xalqaro madaniy tadbirlari bilan mashhur.