https://oz.sputniknews.uz/20250910/rossiya-mudofaa-vazirligi-zelenskiy-bayonot-51867468.html
Yolg‘on va ig‘vo: Rossiya Mudofaa vazirligi Zelenskiyning bayonotini rad etdi
Yolg‘on va ig‘vo: Rossiya Mudofaa vazirligi Zelenskiyning bayonotini rad etdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Zelenskiyning Rossiya harbiylari go‘yoki Kiyev nazoratidagi DXRning Yarovaya qishlog‘i zarbar bergani haqidagi bayonotlari yolg‘on. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Mudofaa vazirligidagi manba ma’lum qildi.
2025-09-10T11:15+0500
2025-09-10T11:15+0500
2025-09-10T11:15+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
vladimir zelenskiy
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/03/23747697_0:0:3267:1839_1920x0_80_0_0_73198670cb04894e53433e1ae089f014.jpg
TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Vladimir Zelenskiyning Rossiya harbiylari go‘yoki Kiyev nazoratidagi DXRning Yarovaya qishlog‘i zarbar bergani haqidagi bayonotlari yolg‘on. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Mudofaa vazirligidagi manba ma’lum qildi.Ma’lum qilinishicha, Rossiya armiyasi shu kuni Yarovayaga zarba bermagan.“Rossiya HKKning bu hududdagi oxirgi zarbasi 7-sentabr kuni tunda berilgandi, biroq aholi punktining o‘ziga emas, balki jangovar tutish chizig‘iga yaqin joylashgan qo‘shni Novosolovkaga”, - deya ta’kidladi manba.Bundan tashqari, u bu yolg‘on xabar axborot maydonida qanday tarqalganiga e’tibor qaratdi. Zarba haqidagi xabarni birinchi bo‘lib Zelenskiy yozdi, shundan keyin ukrain propagandasi jarchilari ilib ketdi.Rossiya Mudofaa vazirligidagi manbaning qayd etishicha, Ukraina taqdim etgan videoda joyni sputnik suratlari bilan aniqlasa bo‘ladi, chunki nishonga oid xususiyatlar bor: “pochta binosi, yodgorlik va uning atrofidagi daraxtlar”.Bunday bomba tushganda vayronagarchilik kattaroq bo‘lardi, videodagi kabi kichik emas.Shuningdek, manba Zelenskiyning xabari chiqquniga qadar biror bir jabrlanuvchi haqidagi xabar bo‘lmaganiga e’tibor qaratdi.Shu bilan birga, Ukraina hukumatining ig‘vo uchun aynan Yarovaya aholi punktini tanlagani diqqatni tortadi.Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy so‘nggi paytlarda Rossiyaning yangi hududlariga da’vo qilishni bas qilish kerakligi haqidagi suhbatlar ortidan DXRdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqib ketishni ham nazarda tutuvchi mojaro tugashining mantiqiy shartlarini rad etmoqda.Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh yetakchilari Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskadagi uchrashuvidan keyin Kiyev va uning yevropalik homiylari muzokaralardan voz kechish va Moskvani qoralashni boshlashgan. Maqsad – tinchlik muzokaralari barbod bo‘lishining aybini Rossiyaga ag‘darish.
https://oz.sputniknews.uz/20250826/putin-alyaska-tashrif-tramp-51502930.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/03/23747697_305:0:3036:2048_1920x0_80_0_0_5b503cf0a3706e96e6ef89568369bc8c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya ukraina provokatsiya yolg‘on zarba dxr
rossiya ukraina provokatsiya yolg‘on zarba dxr
Yolg‘on va ig‘vo: Rossiya Mudofaa vazirligi Zelenskiyning bayonotini rad etdi
Zarba haqidagi xabarni birinchi bo‘lib Zelenskiy yozdi, shundan keyin ukrain propagandasi jarchilari uni ilib ketdi.
TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Vladimir Zelenskiyning Rossiya harbiylari go‘yoki Kiyev nazoratidagi DXRning Yarovaya qishlog‘i zarbar bergani haqidagi bayonotlari yolg‘on. Bu haqda RIA Novostiga Rossiya Mudofaa vazirligidagi manba
ma’lum qildi. “Biz Kiyev rejimining galdagi ig‘vosini kuzatapmiz. Bir nechta faktlar bundan dalolat bermoqda”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya armiyasi shu kuni Yarovayaga zarba bermagan.
“Rossiya HKKning bu hududdagi oxirgi zarbasi 7-sentabr kuni tunda berilgandi, biroq aholi punktining o‘ziga emas, balki jangovar tutish chizig‘iga yaqin joylashgan qo‘shni Novosolovkaga”, - deya ta’kidladi manba.
Bundan tashqari, u bu yolg‘on xabar axborot maydonida qanday tarqalganiga e’tibor qaratdi. Zarba haqidagi xabarni birinchi bo‘lib Zelenskiy yozdi, shundan keyin ukrain propagandasi jarchilari ilib ketdi.
Rossiya Mudofaa vazirligidagi manbaning qayd etishicha, Ukraina taqdim etgan videoda joyni sputnik suratlari bilan aniqlasa bo‘ladi, chunki nishonga oid xususiyatlar bor: “pochta binosi, yodgorlik va uning atrofidagi daraxtlar”.
“Ukraina tomoni bomba tushganini ta’kidlayotgan hatto aniq daraxtni topish imkoni bor ekan. Ko‘rsatilgan chuqurlik o‘z shakli va o‘lchami bilan haqiqiy aviabomba tushgan joyga mos kelmaydi. Maxsus harbiy operatsiya hududida eng ko‘p Rossiyaning FAB-500 bombasi ishlatilyapti, unda 200 kilogrammgacha portlovchi modda bor”, - deya tushuntirdi u.
Bunday bomba tushganda vayronagarchilik kattaroq bo‘lardi, videodagi kabi kichik emas.
Shuningdek, manba Zelenskiyning xabari chiqquniga qadar biror bir jabrlanuvchi haqidagi xabar bo‘lmaganiga e’tibor qaratdi.
Shu bilan birga, Ukraina hukumatining ig‘vo uchun aynan Yarovaya aholi punktini tanlagani diqqatni tortadi.
“Kiyev rejimi nazorati ostida qolgan DXRning qismi bir necha jihatdan muhim: resurslar ustidan nazorat, mudofaa, siyosiy jihat. <...> Uni yo‘qotish Ukrainani savdolashish uchun eng muhim bir bahonalardan mahrum qiladi”, - dedi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy so‘nggi paytlarda Rossiyaning yangi hududlariga da’vo qilishni bas qilish kerakligi haqidagi suhbatlar ortidan DXRdan Ukraina qo‘shinlarini olib chiqib ketishni ham nazarda tutuvchi mojaro tugashining mantiqiy shartlarini rad etmoqda.
“Buning ortidan ig‘vo bilan Kiyevning nazoratidagi hududlardagi aholi haqidagi “qayg‘urayotgani” ko‘rsatish va aksincha Rossiyaning “shavqatsizligini” ko‘rsatish maqsad qilingan”, - deya tushuntirdi Rossiya Mudofaa vazirligidagi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va AQSh yetakchilari Vladimir Putin va Donald Trampning Alyaskadagi uchrashuvidan keyin Kiyev va uning yevropalik homiylari muzokaralardan voz kechish va Moskvani qoralashni boshlashgan. Maqsad – tinchlik muzokaralari barbod bo‘lishining aybini Rossiyaga ag‘darish.