https://oz.sputniknews.uz/20250910/ipoteka-kredit-aholi-viloyat-51868471.html
Ipoteka krediti aholiga ko‘proq qaysi viloyatlarda ajratildi?
Ipoteka krediti aholiga ko‘proq qaysi viloyatlarda ajratildi?
Sputnik O‘zbekiston
Farg‘ona va Andijon viloyatlari ipoteka kreditlari kesimida qaysi o‘rinda?
2025-09-10T11:41+0500
2025-09-10T11:41+0500
2025-09-10T11:41+0500
o‘zbekiston
iqtisod
bank
iqtisodiyot va moliya vazirligi
toshkent
ipoteka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/693/68/6936854_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_43b1620056aab96f974f45e0d377a9ab.jpg
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil yanvar–avgust oylarida tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari haqida hisobot e’lon qildi.Hisobotga ko‘ra, dastur doirasida jami 8,94 trillion so‘mlik 30 654 ta ipoteka krediti berilgan. Ulardan 39 foizi, ya’ni 3,47 trillion so‘mlik 12 043 ta kredit ayollar ulushiga to‘g‘ri kelgan.Eng ko‘p ipoteka krediti "Ipoteka bank" tomonidan ajratilgan — jami 5 966 ta. Ikkinchi o‘rinda "O‘zmilliy bank" 4 585 ta va uchinchi o‘rinda "Agrobank" 4 539 ta.Hududlar kesimida eng ko‘p ipoteka krediti Toshkent shahrida ajratilgan — jami 2,09 trln so‘mlik 6 637 ta. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 2 989 ta va Andijon viloyati 2 972 ta kredit bilan qayd etilganUmuman olganda, ajratilgan ipoteka krediti o‘rtacha 292 million so‘mni tashkil etdi. Viloyatlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
https://oz.sputniknews.uz/20250402/ipoteka-bozor-otb-ozbekiston-30-million-48702503.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/693/68/6936854_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_88320018b5a9405efbe4e4512fc16ab6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekistonda ipoteka kreditlari, qaysi viloyatda ipoteka krediti ko‘p, toshkent shahri ipoteka krediti, farg‘ona viloyati ipoteka krediti, andijon viloyati ipoteka krediti, 2025-yil ipoteka krediti statistikasi, iqtisodiyot va moliya vazirligi ipoteka hisoboti, hududlar kesimida ipoteka kreditlari, ayollarga ajratilgan ipoteka
o‘zbekistonda ipoteka kreditlari, qaysi viloyatda ipoteka krediti ko‘p, toshkent shahri ipoteka krediti, farg‘ona viloyati ipoteka krediti, andijon viloyati ipoteka krediti, 2025-yil ipoteka krediti statistikasi, iqtisodiyot va moliya vazirligi ipoteka hisoboti, hududlar kesimida ipoteka kreditlari, ayollarga ajratilgan ipoteka
Ipoteka krediti aholiga ko‘proq qaysi viloyatlarda ajratildi?
2025 yil yanvar–avgust oylarida eng ko‘p ipoteka krediti Toshkent shahrida ajratilgan. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona va Andijon viloyatlari qayd etilgan.
TOShKENT, 10 sen — Sputnik. O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yil yanvar–avgust oylarida tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilgan ipoteka kreditlari haqida hisobot
e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, dastur doirasida jami 8,94 trillion so‘mlik 30 654 ta ipoteka krediti berilgan. Ulardan 39 foizi, ya’ni 3,47 trillion so‘mlik 12 043 ta kredit ayollar ulushiga to‘g‘ri kelgan.
Eng ko‘p
ipoteka krediti "Ipoteka bank" tomonidan ajratilgan — jami 5 966 ta. Ikkinchi o‘rinda "O‘zmilliy bank" 4 585 ta va uchinchi o‘rinda "Agrobank" 4 539 ta.
Hududlar kesimida eng ko‘p ipoteka krediti Toshkent shahrida ajratilgan — jami 2,09 trln so‘mlik 6 637 ta. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati 2 989 ta va Andijon viloyati 2 972 ta kredit bilan qayd etilgan
E’tiborga molik jihati, Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida kreditlarning deyarli yarmi ayollarga to‘g‘ri kelgan.
Umuman olganda, ajratilgan ipoteka krediti o‘rtacha 292 million so‘mni tashkil etdi. Viloyatlar bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Toshkent shahri – 315 million so‘m
Andijon viloyati – 305 million so‘m
Samarqand viloyati – 303 million so‘m
Namangan viloyati – 298 million so‘m
Farg‘ona viloyati – 290 million so‘m
Sirdaryo viloyati – 288 million so‘m
Surxondaryo viloyati – 287 million so‘m
Jizzax viloyati – 286 million so‘m
Buxoro viloyati – 281 million so‘m
Navoiy viloyati – 279 million so‘m
Qashqadaryo viloyati – 271 million so‘m
Toshkent viloyati – 270 million so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 267 million so‘m
Xorazm viloyati – 252 million so‘m