Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOII va Eron erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitimni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni boshladi

© ShutterstockFlagi YeAES
Flagi YeAES
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.09.2025
Obuna bo‘lish
“Yevroosiyo agroekspress” loyihasini rivojlantirishga hamda YeOII va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.
TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Savdo siyosati departamenti direktori Vladimir Serpikov raisiligida Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) va Eron o‘rtasida kuchga kirgan erkin savdo hududi to‘g‘risidagi bitim doirasida tovar savdosi bo‘yicha birinchi majlis bo‘lib o‘tdi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
Hujjat shu yilning mayidan boshlab amal qilishni boshlagan.
Ishtirokchilar 24-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan qo‘shma qo‘mitaning bo‘lajak birinchi yig‘ilishining kun tartibini muhokama qilishdi. Asosiy e’tibor shartnomani amalga oshirish, o‘zaro savdo holati, ichki bozorni himoya qilish va ikki tomonning ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratildi.
“Yevroosiyo agroekspress” loyihasini rivojlantirishga hamda YeOII va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha yo‘l xaritasi loyihasini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratildi.
“Eron bilan kelishuvni amalga oshirish mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning samarali vositasi bo‘lib, mavjud savdo salohiyatini ochib berishga yordam beradi”, - dedi Vladimir Serpikov.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
Prezident RSPP Aleksandr Shoxin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
O‘zbekiston va YeOII
YeOII Katta Yevrosiyo hamkorligining asosini tashkil etadi — RSTI prezidenti
Yangiliklar lentasi
0