Davlat budjeti ijrosi – infografika

Obuna bo‘lish
Davlat budjetining 2025-yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi borasida ma’lumot berildi.
Joriy yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 37 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,1 foizga oshgan.
Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovning ma’lum qilishicha, hisobot davrida Davlat budjeti daromadlari 103,4 foizga bajarilgan. Xarajatlar bo‘yicha reja ko‘rsatkichlari 96,8 foizni tashkil qilgan.
2025 yilning birinchi yarim yilligida Davlat budjeti daromadlari 144,2 trln so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 19,2 foizga oshgan.
Davlat budjetining xarajatlari esa hisobot davrida 173,3 trln so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 16,0 foizga o‘sgan.
Yangiliklar lentasi
0