https://oz.sputniknews.uz/20250909/uzbekistan-kartoshka-davlat-51834642.html
Davlat kartoshka yetishtirishni qo‘llab-quvvatlaydi - tafsilotlar
Davlat kartoshka yetishtirishni qo‘llab-quvvatlaydi - tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish hajmini ko‘paytirish va urug‘chilikni rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida prezident qarori imzolandi
2025-09-09T11:38+0500
2025-09-09T11:38+0500
2025-09-09T11:38+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qaror
imtiyoz
kartoshka
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/05/47837514_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_52be9b16ab81b05afcfab8218685a32f.jpg
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish hajmini ko‘paytirish va urug‘chilikni rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida prezident qarori imzolandi. Qaror matni Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi portalida e’lon qilindi.Unga muvofiq, asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar quyidagicha belgilangan:Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1-dekabrga qadar keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning in-vitro o‘simliklari, mikro va mini-tuganaklari hajmi bo‘yicha ilmiy muassasalar hamda tadbirkorlarga buyurtma berishi ham belgilangan.Bu kreditlar:Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarining 50 foizigacha (eng ko‘pi 50 mln so‘m) qismi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250903/uzbekistan-belarus-agrosanoat-hamkorlik-51695900.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/02/05/47837514_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_aa5f0a90bec97ec9c86e27b5212ba83d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston kartoshka urug‘chilik rivoj maqsad prezident qaror imzo kredit imtiyoz
o‘zbekiston kartoshka urug‘chilik rivoj maqsad prezident qaror imzo kredit imtiyoz
Davlat kartoshka yetishtirishni qo‘llab-quvvatlaydi - tafsilotlar
Hosildorlik hajmini 17 tonnadan 30 tonnagacha oshirish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda kartoshka yetishtirish hajmini ko‘paytirish va urug‘chilikni rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida prezident qarori imzolandi. Qaror matni Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi portalida
e’lon qilindi.
Unga muvofiq, asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar quyidagicha belgilangan:
2028 yildan boshlab har yili unuvchanlik darajasi 85 foizdan past bo‘lmagan kamida 10 mln dona kartoshkaning mini-tuganaklarini yetkazib berish;
2030 yilga borib respublika bo‘yicha kartoshkaning o‘rtacha hosildorligini 16-17 tonnadan 25-30 tonnagacha oshirish.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligi har yili 1-dekabrga qadar keyingi yilda yetishtiriladigan kartoshkaning in-vitro o‘simliklari, mikro va mini-tuganaklari hajmi bo‘yicha ilmiy muassasalar hamda tadbirkorlarga buyurtma berishi ham belgilangan.
2026 yil 1-yanvardan boshlab kartoshka yetishtirish uchun xarajatlarning bir qismini qoplash maqsadida davlat tomonidan maxsus kreditlar beriladi.
hosil qiymatining yarmigacha (50%) bo‘lgan miqdorda ajratiladi;
foiz stavkasi yiliga 12% etib belgilanadi;
qarzni qaytarishda 6 oy imtiyozli muddat;
umumiy kredit muddati esa 12 oyni tashkil etadi;
kredit olish uchun hosil sug‘urtasi bo‘lishi shart.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan quyosh panellari o‘rnatish xarajatlarining 50 foizigacha (eng ko‘pi 50 mln so‘m) qismi Davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.