https://oz.sputniknews.uz/20250909/nepal-namoyishlar-51853764.html
Nepalda norozlik namoyishlari: 19 kishi halok bo‘ldi, bosh vazir iste’foga chiqdi
Nepalda norozlik namoyishlari: 19 kishi halok bo‘ldi, bosh vazir iste’foga chiqdi
Sputnik O‘zbekiston
Katmandudagi noroziliklar: bosh vazir iste’foga chiqdi, tartibsizliklar davom etmoqda
2025-09-09T16:51+0500
2025-09-09T16:51+0500
2025-09-09T17:04+0500
norozilik namoyishi
nepal
dunyo yangiliklari
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/09/51856591_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f7e41414117e3c20293b252897167068.jpg
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Nepal hukumati poytaxt Katmandu va mamlakatning boshqa shaharlaridagi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.Xabarda aytilishicha, 8-sentabr kuni parlament oldida "Z avlod inqilobi" yoshlar harakati aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik namoyishlar poytaxt va boshqa yirik shaharlarga tarqaldi. Asosan yoshlar va talabalardan iborat minglab ishtirokchilar 4-sentabrda joriy etilgan WhatsApp*, Facebook* va Instagram* taqiqlanishiga qarshi chiqishdi. Xavfsizlik kuchlari ularga qarshi suv purkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va o‘qotar qurol ishlatdi.9 sentabr kuni ham parlament oldida namoyishchilar yig‘ildi, hatto ularning bir qismi binoga bostirib kirdi.Tartibsizliklar oqibatida bir qator iste’folar sodir bo‘ldi: ichki ishlar vaziri Ramesh Lexak lavozimidan ketdi, bosh vazir Sharma Oli esa konstitutsiyaviy yo‘l bilan inqirozni hal qilish maqsadida vakolatlarini topshirishini ma’lum qildi.Noroziliklar davomida namoyishchilar bosh vazirning Balkotdagi xususiy qarorgohini, prezident Ram Chandra Paudelning uyini va bir qator siyosatchilar — jumladan maoistlar yetakchisi Pushpa Kamal Daxal, aloqa vaziri Gurung hamda iste’foga chiqqan vazir Lexak uylariga o‘t qo‘yishdi.*Rossiyada ekstremistik deb topilgan va taqiqlangan “Meta” kompaniyasiga qarashli
https://oz.sputniknews.uz/20250615/kishinyov-politsiya-lgbt-qarshi-aktsiya-qopol-kuch-49942866.html
nepal
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/09/51856591_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_2e5279f67ebdded092ba33428e33d724.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
nepal namoyishlar, katmandu norozilik, ijtimoiy tarmoqlar taqiqi, whatsapp facebook instagram nepal, nepal bosh vazir iste’fo, nepal komendantlik soati, nepal aeroport yopilishi, prezident uyiga hujum, siyosatchilar uylari yoqildi, nepal siyosiy inqiroz
nepal namoyishlar, katmandu norozilik, ijtimoiy tarmoqlar taqiqi, whatsapp facebook instagram nepal, nepal bosh vazir iste’fo, nepal komendantlik soati, nepal aeroport yopilishi, prezident uyiga hujum, siyosatchilar uylari yoqildi, nepal siyosiy inqiroz
Nepalda norozlik namoyishlari: 19 kishi halok bo‘ldi, bosh vazir iste’foga chiqdi
16:51 09.09.2025 (yangilandi: 17:04 09.09.2025) Nepalda ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 19 kishi halok bo‘lib, 500 nafardan ortiq kishi jarohat oldi
TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Nepal hukumati poytaxt Katmandu va mamlakatning boshqa shaharlaridagi ommaviy norozilik namoyishlaridan so‘ng ijtimoiy tarmoqlar faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi, deya
xabar beradi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, 8-sentabr kuni parlament oldida "Z avlod inqilobi" yoshlar harakati aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Keyinchalik namoyishlar poytaxt va boshqa yirik shaharlarga tarqaldi. Asosan yoshlar va talabalardan iborat minglab ishtirokchilar 4-sentabrda joriy etilgan WhatsApp*, Facebook* va Instagram* taqiqlanishiga qarshi chiqishdi. Xavfsizlik kuchlari ularga qarshi suv purkagichlar, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va o‘qotar qurol ishlatdi.
9 sentabr kuni ham parlament oldida namoyishchilar yig‘ildi, hatto ularning bir qismi binoga bostirib kirdi.
Katmanduda cheklanmagan komendantlik soati joriy etildi, xalqaro aeroport yopildi, hukumat a’zolari harbiy vertolotlarda evakuatsiya qilindi. Sharma Oli umumpartiyaviy yig‘ilish chaqirib, xavfsizlikni ta’minlash uchun armiyadan yordam so‘radi.
Tartibsizliklar oqibatida bir qator iste’folar sodir bo‘ldi: ichki ishlar vaziri Ramesh Lexak lavozimidan ketdi, bosh vazir Sharma Oli esa konstitutsiyaviy yo‘l bilan inqirozni hal qilish maqsadida vakolatlarini topshirishini ma’lum qildi.
Noroziliklar davomida namoyishchilar bosh vazirning Balkotdagi xususiy qarorgohini, prezident Ram Chandra Paudelning uyini va bir qator siyosatchilar — jumladan maoistlar yetakchisi Pushpa Kamal Daxal, aloqa vaziri Gurung hamda iste’foga chiqqan vazir Lexak uylariga o‘t qo‘yishdi.
*Rossiyada ekstremistik deb topilgan va taqiqlangan “Meta” kompaniyasiga qarashli