Davlat xizmatlaridagi burokratik talablar qisqartiriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNoviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley
Noviy inklyuzivniy Sentr gosuslug v Dexkanabade otkril svoi dveri dlya posetiteley - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.09.2025
Obuna bo‘lish
My.gov portali hamda Davlat xizmatlari markazi 2028-yilga qadar 900 tga yaqin masalalar yuzasidan fuqarolarga xizmat ko‘rsatadi.
TOShKENT, 9 sen — Sputnik. O‘zbekistonda davlat xizmatlari ko‘rsatishda talab qilinadigan hujjatlar soni qisqartiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli farmonni imzoladi, deya xabar berdi Adliya vazirligi.
Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-dekabrdan boshlab idoralar o‘rtasida elektron axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilishi natijasida quyidagi talablar bekor qilinadi:
nikohni rasmiylashtirishda FHDYo organlari tomonidan nikohlanuvchilardan tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim etish talabi;
nikoh sud qarori asosida bekor qilinganda, ajrim haqidagi dalolatnoma yozuvini shakllantirish uchun FHDYo organlari sud qarorini so‘rashi talabi;
avtomototransport vositasi ro‘yxatga olinganlik guvohnomasida uning egasining manzilini ko‘rsatish talabi.
Hujjatda quyidagi vazifalar belgilangan:
2028 yilga qadar my.gov.uz portali va Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar sonini 900 taga yetkazish;
proaktiv davlat xizmatlari sonini 53 taga, kompozit xizmatlar sonini 74 taga yetkazish.
Ma’lum bo‘lishicha, mazkur farmondan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha hujjatlar va tartiblarni qisqartirish, qulayliklarni oshirish maqsadi ko‘zlangan.
V Uzbekistane rasshirat sistemu gosuslug - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2025
Onlayn ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari soni oshadi
Yangiliklar lentasi
0