Qoraqalpog‘istonda Markaziy Osiyodagi birinchi batareya saqlash tizimi stansiyasi barpo etiladi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishMirnovskaya VES
Mirnovskaya VES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Obuna bo‘lish
Yangi stansiya har yili yuz minglab xonadonlarni toza elektr energiyasi bilan ta’minlash, uglerod chiqindilarini esa sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va "ACWA Power" kompaniyasi Qoraqalpog‘istonning Qorao‘zak tumanida joylashadigan yangi loyiha doirasidagi hamkorlik ishlarini boshladi. Bu haqda OTB matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, loyiha Markaziy Osiyoda birinchi shamol elektr stansiyasi va batareya energiya saqlash tizimini o‘z ichiga oladi.
OTB ma’lumotiga ko‘ra, “Nukus-2” deb nomlangan mazkur shamol elektr stansiyasining quvvati 200 MVtni tashkil etadi. Loyihada 100 MVt quvvatga ega batareya energiya saqlash tizimi ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Bu tizim shamol energiyasini barqaror tarzda taqsimlash va elektr tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash imkonini beradi.
Yangi stansiya har yili yuz minglab xonadonlarni toza elektr energiyasi bilan ta’minlash, uglerod chiqindilarini esa sezilarli darajada kamaytirishga xizmat qiladi.

"Bu loyiha nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun barqaror energiya manbalarini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi", — deyiladi OTB xabarida.

OTB va ACWA Power hamkorligidagi loyiha O‘zbekistonning yashil energiya bo‘yicha milliy strategiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Shu orqali mamlakat 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya ulushini oshirish, energiya samaradorligini kuchaytirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashni maqsad qilmoqda.
Solnechnaya elektrostansiya. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Xitoy bilan quriladigan 11 ta elektr stansiya qaysi viloyatlarda paydo bo‘ladi?
Yangiliklar lentasi
0