Jamoatchilik nazorati: hokimliklar saytlari ochiqligi bo‘yicha monitoring natijalari aytildi

© Jamoatchilik kengashiSobranie Obshestvennogo soveta pri xokimiyatie goroda Tashkenta
Sobranie Obshestvennogo soveta pri xokimiyatie goroda Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Obuna bo‘lish
Jamoatchilik kengashi -davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Kengash a’zoligiga, obro‘-e’tiborli fuqarolar, NTT, OAV vakillari va boshqalar qabul qilinadi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. "Yuksalish" harakati davlat organlari huzuridagi ayrim jamoatchilik kengashlari faoliyatining ochiqligiga oid monitoring o‘tkazdi.
Monitoring maqsadi — fuqarolar va fuqarolik jamiyati uchun ma’lumotlar qay darajada ochiq va dolzarb ekanini baholash edi.
Monitoring shaffoflik va ochiqlik tamoyillariga asoslangan bir nechta asosiy mezonlar bo‘yicha o‘tkazildi.

"Mazkur ma’lumotnomada hokimliklar saytlaridagi monitoring natijalari e’lon qilindi, biroq ko‘plab vazirliklar, agentliklar va idoralarda ham vaziyat shunga o‘xshash. Amaldagi qarorlarga muvofiq, saytlaridagi ma’lumotlar har uch oyda kamida bir marta yangilanib turilishi shart", - deyilgan xabarda

Jami 14 ta hokimlik va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rasmiy saytlari o‘rganildi. Natijada Qashqadaryo va Xorazm viloyatlari "yuqori darajada shaffoflik" deb baholandi.
Navoiy, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyati hokimliklari "qisman shaffoflik" deb baholandi.
Buxoro, Andijon, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahar hokimligi hamda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi esa "past darajadagi shaffoflik" ko‘rsatdi — bu saytlarda ma’lumot yo‘q yoki yangilanmagan.
© Yuksalish harakati rasmiy saytiProveden monitoring otkritosti deyatelnosti obshestvennix sovetov
Proveden monitoring otkritosti deyatelnosti obshestvennix sovetov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Proveden monitoring otkritosti deyatelnosti obshestvennix sovetov
Masalan, Namanganda oxirgi ma’lumotlar 2022-yildan beri yangilanmagan, Farg‘onada esa faqat a’zolar ro‘yxati berilgan.
Toshkentda “Yevroosiyo” xalqaro mukofotiga oid media-tadbir bo‘lib o‘tdi
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2025
Matbuot markazi
Toshkentda "Yevroosiyo" xalqaro mukofoti taqdim etildi
Yangiliklar lentasi
0