AQSh Xitoyni kiberjinoyatda gumon qilmoqda, Pekin rad etdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishVirus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax
Virus-vimogatel atakoval IT-sistemi kompaniy v raznix stranax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.09.2025
Obuna bo‘lish
Kongress vakili nomidan yuborilgan maktub axborot o‘g‘irlovchi dasturga ega bo‘lib chiqdi.
TOShKENT, 8 sen – Sputnik. AQSh hukumati Xitoy bilan savdo muzokaralariga oid maxfiy ma’lumotlarni qo‘lga kiritish maqsadida amalga oshirilgani gumon qilinayotgan kiberhujum yuzasidan tergov ishlarini boshladi. Bu haqda "Wall Street Journal" xabar berdi.
2025 yil iyul oyida Kongress vakili Jon Mulenar nomidan yuborilgan soxta elektron maktub AQShdagi savdo guruhlar, yuridik firmalar va hukumat tashkilotlariga yo‘naltirilgan. Xatda qonun loyihasiga oid hujjat ilova qilingan bo‘lib, uni ochish orqali zararli dastur tizimlarga chuqur kirib, xakerlarga maxfiy ma’lumotlarni yo‘naltirishi mumkin edi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, kiberxavfsizlik mutaxassislari bu hujum ortida Xitoy razvedkasiga aloqador deb gumon qilinayotgan APT41 guruhi turgani ehtimoli juda yuqoriligini ma’lum qilgan. Shu sabab AQSh voqeani ikki davlat o‘rtasidagi strategik va iqtisodiy raqobat fonidagi kiberoperatsiyalardan biri sifatida baholayotgani ham aytilmoqda.

FSB va kongress politsiyasi tekshiruvni davom ettirmoqda. Kongressmen Mulenar esa mazkur hodisani “Xitoyning AQSh strategiyasini o‘g‘irlashga qaratilgan navbatdagi urinishi” deb atab “Aslo qo‘rqmaymiz!”, – deb izoh bergan "Reuters"ga.

Ma’lum qilinishicha, Xitoy elchixonasi esa bu ayblovlarni rad etdi va ularni “asoslanmagan” deb atagan. Pekin o‘z bayonotida global miqyosda kiberhujumlar barcha davlatlarga qarshi muttasil amalga oshirilayotganini eslatib o‘tgan.
SShA napali na Kitay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2025
AQSh Xitoyga hujum qildi
Yangiliklar lentasi
0