Toshkentda O‘rol Tansiqboyevning 120-yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi - foto

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Ekspozitsiya O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlikdagi loyihasi davomi bo‘lib, 120 tadan ortiq asarni namoyish etmoqda. Ulardan ko‘pchiligi ilk bor jamoatchilikka taqdim etilmoqda.
O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida o‘zbek rassomchiligining asoschilaridan biri O‘rol Tansiqboyev tavalludining 120-yilligiga bag‘ishlangan yirik ko‘rgazma ochildi. Ekspozitsiya 20-noyabrga qadar davom etadi va milliy rassomchilik maktabini shakllantirishda katta o‘rin tutgan san’atkorning boy merosi bilan tomoshabinlarni tanishtiradi.
Ko‘rgazma joriy yil bahorida Qozog‘istondagi A. Qasteyev nomidagi Davlat san’at muzeyida ilk bor namoyish etilgan yirik loyihaning davomidir. Toshkentdagi ekspozitsiyaga O‘zbekiston va Qozog‘istonning yirik muzeylaridan jami 124 ta asar kiritilgan.
Ular orasida I.V. Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi hamda Qozog‘iston davlat san’at muzeyi kolleksiyalaridan asarlar mavjud. Eksponatlarning katta qismi ilk bor nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda ham ko‘rgazmaga qo‘yilmoqda.
Namoyish etilgan asarlar rassomning ijodiy yo‘lini to‘liq qamrab oladi: 1920-yillar oxiridagi dastlabki ishlaridan tortib “erkinlik” davrining monumental polotnolarigacha. Biografik devorda rassom hayotidagi muhim sana va voqealar ham ko‘rsatilgan. Tansiqboyevning asarlari O‘zbekiston rassomchilik maktabida katta iz qoldirib, butun bir rang-barang davrni yaratdi.
Ko‘rgazmaning rasmiy hamkori sifatida Tenge Bank chiqish qildi. Loyiha doirasida bank O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Galereya ish vaqti:
seshanba–shanba — soat 10:00 dan 17:00 gacha
yakshanba va dushanba — dam olish kunlari
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Ko‘rgazma afishasi

Ko‘rgazma afishasi - Sputnik O‘zbekiston
1/14

Ko‘rgazma afishasi

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Kurash" 1929 y.
Mato surat, moybo‘yoq
I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Nukus

"Kurash" 1929 y.Mato surat, moybo‘yoqI.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Nukus - Sputnik O‘zbekiston
2/14

"Kurash" 1929 y.
Mato surat, moybo‘yoq
I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Nukus

© Sputnik / Baxrom Xatamov
V Tashkente otkrilas vistavka k 120-letiyu Urala Tansikbayeva - Sputnik O‘zbekiston
3/14
© Sputnik / Baxrom Xatamov

Shveysariyalik ko‘rgazma mehmoni

Shveysariyalik ko‘rgazma mehmoni - Sputnik O‘zbekiston
4/14

Shveysariyalik ko‘rgazma mehmoni

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Chirchiq vodiysi"
1946 y. O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi, Toshkent

"Chirchiq vodiysi"1946 y. O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi, Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
5/14

"Chirchiq vodiysi"
1946 y. O‘rol Tansiqboyev uy-muzeyi, Toshkent

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Issiqko‘l" 1964 y.

"Issiqko‘l" 1964 y. - Sputnik O‘zbekiston
6/14

"Issiqko‘l" 1964 y.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"O‘zbek portreti" 1934 y.

"O‘zbek portreti" 1934 y. - Sputnik O‘zbekiston
7/14

"O‘zbek portreti" 1934 y.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Olma terimi"

"Olma terimi" - Sputnik O‘zbekiston
8/14

"Olma terimi"

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Ishga" 1935 y. Mato surat, moybo‘yoq I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Nukus

"Ishga" 1935 y. Mato surat, moybo‘yoq I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Nukus - Sputnik O‘zbekiston
9/14

"Ishga" 1935 y. Mato surat, moybo‘yoq I.V.Saviskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat san’at muzeyi, Nukus

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Etud. Kuz motivi" 1934 y. O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at muzeyi, Toshkent

"Etud. Kuz motivi" 1934 y. O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at muzeyi, Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
10/14

"Etud. Kuz motivi" 1934 y. O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at muzeyi, Toshkent

© Sputnik / Baxrom Xatamov

O‘rol Tansiqboyev 1904-yilda Toshkentda tug‘ilgan.

O‘rol Tansiqboyev 1904-yilda Toshkentda tug‘ilgan. - Sputnik O‘zbekiston
11/14

O‘rol Tansiqboyev 1904-yilda Toshkentda tug‘ilgan.

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Orol dengizi. o‘tovli qirg‘oq" 1937 y. O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at muzeyi, Toshkent

"Orol dengizi. o‘tovli qirg‘oq" 1937 y. O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at muzeyi, Toshkent - Sputnik O‘zbekiston
12/14

"Orol dengizi. o‘tovli qirg‘oq" 1937 y. O‘zbekiston Respublikasi Davlat san’at muzeyi, Toshkent

© Sputnik / Baxrom Xatamov

"Qishloq ko‘chasida" 1941 y.

"Qishloq ko‘chasida" 1941 y. - Sputnik O‘zbekiston
13/14

"Qishloq ko‘chasida" 1941 y.

© Sputnik / Baxrom Xatamov
V Tashkente otkrilas vistavka k 120-letiyu Urala Tansikbayeva - Sputnik O‘zbekiston
14/14
Yangiliklar lentasi
0