Dam olish rejimini buzgan haydovchilar uchun javobgarlik joriy etiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovZa rulem avtomobilya
Za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2025
Obuna bo‘lish
Xalqaro va shaharlararo yo‘nalishlarda yetarlicha uxlamasdan yo‘lovchi va yuk tashiydigan haydovchilar uchun jarima belgilanmoqda.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima joriy etiladi. Senat tashuvlar sohasida javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.
Qonun bilan xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilanmoqda.
Bundan tashqari, temir yo‘l transportida va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini hamda yo‘lovchilarni, bagajni va yuk bagajini tashish qoidalarini buzganlik uchun ham ma’muriy jarima belgilanyapti.
Tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida va talablarni buzganlik uchun mansabdor shaxslarga va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima belgilanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, temir yo‘l transporti hamda metropolitenda 2024-yilda harakat va tashishlar xavfsizligi talablarining qo‘pol buzilishi bilan bog‘liq 130 ta hodisa sodir etilgan.
Natijada harakatdagi tarkib va temir yo‘l infratuzilmasiga qariyb 4 mlrd so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Mamlakat avtomobil yo‘llarining tartibga solinmagan temir yo‘llari kesishmalarida poyezdlar hamda avtotransport vositalari ishtirokida 2024-yilda 38 ta yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan va buning oqibatida 11 nafar fuqaro halok bo‘lgan.
Avtomobilnoe dvijenie v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2025
"Buxoro", "Sarvar", "Aziza": O‘zbekistonda ismli avtomobil raqamlari paydo bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0