Xuddi 70-yillardagidek — Moskvada retro tramvaylar paradi bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Namoyishda 15 ta retro tramvay va 30 dan ortiq avtomobillar Moskvaning qadimiy ko‘chlaridan kolonna bo‘lib harakatlandi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Bugun Moskvada tramvaylar paradi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

15ta retro tramvaydan iborat kolonna Novokuzneskaya metro bekatidan harakatlanib Bolshoy Ustinskiy ko‘prigi va Bulvar halqasi bo‘ylab harakatlanib, Chistoprudniy bulvarda to‘xtadi. Tramvaylarga 30 dan ortiq Gaz-21 va "Moskvich" avtomobillari hamrohlik qildi.

Poytaxtning o‘tgan asrdan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolgan ko‘chalarda retro mashinalar harakatlanishi guyoki 1970-yillar manzarasini qayta tiklagandek bo‘ldi. Minglab shahar aholisi ularni tomosha qilish uchun ko‘chaga chiqdi. Chistoprudniy bulvarda mehmonlarga dala oshxonasi taomlari taqdim etildi.
"Bugun bizda tarixiy tramvaylarning an’anaviy paradi bo‘lib o‘tmoqda. Bu ketma-tet 20-parad. Biz uchun juda yoqimli yubiley. Moskvaliklar va shahar mehmonlari uchun eng sevimli transporti turlaridan biri bo‘lgan Moskva tramvayiga bag‘ishlangani juda quvonarli", - dedi shahar transport va sanoat departamenti rahbari Maksim Liksutov.
Uning ta’kidlashicha, Moskvada tramvaylar har kuni o‘rtacha 790 ming qatnov amalga oshiradi. 2030-yilga borib qatnovlar soni 1,2 millionga yetishi kutilmoqda.

Undan tashqari 2025-yil oxiriga kelib yo‘lovchilar uchun haydovchisiz tramvaylar xizmat ko‘rsata boshlaydi.
Yangiliklar lentasi
0