https://oz.sputniknews.uz/20250906/qurilish-vazirligi-soxta-ishchilar-borasida-haqidagi-xabarlarga-izoh-berdi--51772959.html
Qurilish vazirligi soxta ishchilar haqidagi xabarlarga izoh berdi
Qurilish vazirligi soxta ishchilar haqidagi xabarlarga izoh berdi
Sputnik O‘zbekiston
Vazirlik fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini tarqatmaslik hamda qurilish tashkilotlari ularning roziligisiz ishchi sifatida rasmiylashtirganda vakolatli organlarga... 06.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-06T10:43+0500
2025-09-06T10:43+0500
2025-09-06T10:45+0500
qurilish vazirligi
qurilish
soliq
davlat soliq qo‘mitasi
kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/18/47678488_0:34:1180:698_1920x0_80_0_0_3c2db3ee4d39f83fec18901a14f3ee14.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Qurilish vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan soxta ishchilar borasidagi xabarlarga izoh berdi.Oldinroq, ayrim quruvchi tashkilotlar o‘z reytingini oshirish maqsadida fuqarolarni xabardor qilmasdan ishchi sifatida rasmiylashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish va loyiha tashkilotlari reytingi 10 ga yaqin vazirlik va idoralar axborot tizimlari orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida avtomatik hisoblanadi. Shuningdek, ishchi-xodimlarga har oyda kamida 1 271 000 so‘m ish haqi to‘langanligi haqidagi ma’lumotlar Bandlik vazirligi va Soliq qo‘mitalari ma’lumot bazalaridan avtomatik olinadi.Ayni damda Bandlik vazirligi bilan birgalikda shaxsning roziligisiz ishchi sifatida rasmiylashtirish holatlari, shuningdek, fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilotlarda faoliyat yuritishlarini tartibga solish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.Fuqarolardan ushbu holatga tushmaslik uchun shaxsiy ma’lumotlarini begonalarga bermaslikni, qurilish tashkilotlari ularning roziligisiz ishchi sifatida rasmiylashtirganda vakolatli organlarga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi vazirlik xabarida.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/18/47678488_104:0:1077:730_1920x0_80_0_0_54ef84299caad281a24fda61c3b8390c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurilish vazirligi, qurilish, soliq, davlat soliq qo‘mitasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
qurilish vazirligi, qurilish, soliq, davlat soliq qo‘mitasi, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Qurilish vazirligi soxta ishchilar haqidagi xabarlarga izoh berdi
10:43 06.09.2025 (yangilandi: 10:45 06.09.2025) Vazirlik fuqarolardan shaxsiy ma’lumotlarini tarqatmaslik hamda qurilish tashkilotlari ularning roziligisiz ishchi sifatida rasmiylashtirganda vakolatli organlarga murojaat qilishni so‘ragan.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Qurilish vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan soxta ishchilar borasidagi xabarlarga izoh berdi.
Oldinroq, ayrim quruvchi tashkilotlar o‘z reytingini oshirish maqsadida fuqarolarni xabardor qilmasdan ishchi sifatida rasmiylashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish va loyiha tashkilotlari reytingi 10 ga yaqin vazirlik va idoralar axborot tizimlari orqali taqdim etilgan ma’lumotlar asosida avtomatik hisoblanadi.
Shuningdek, ishchi-xodimlarga har oyda kamida 1 271 000 so‘m ish haqi to‘langanligi haqidagi ma’lumotlar Bandlik vazirligi va Soliq qo‘mitalari ma’lumot bazalaridan avtomatik olinadi.
"Shaffof qurilish" milliy axborot tizimi (reyting.mc.uz) bu ma’lumotlarni soxta yoki haqiqiy ekanini aniqlash yoki ularni o‘zgartirish imkoniga ega emas.
Ayni damda Bandlik vazirligi bilan birgalikda shaxsning roziligisiz ishchi sifatida rasmiylashtirish holatlari, shuningdek, fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bir nechta tashkilotlarda faoliyat yuritishlarini tartibga solish yuzasidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Fuqarolardan ushbu holatga tushmaslik uchun shaxsiy ma’lumotlarini begonalarga bermaslikni, qurilish tashkilotlari ularning roziligisiz ishchi sifatida rasmiylashtirganda vakolatli organlarga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz, deyiladi vazirlik xabarida.