Qaysi OTM talabalari ko‘p jinoyat sodir etgan — Senat so‘rovi

© SputnikDraka, arxivnoe foto
Draka, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2025
Obuna bo‘lish
Talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan Oliy ta’lim vaziriga parlament so‘rovi yuboriladi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Senat majlisida talabalar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilik muammosi muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, 2024-yilda OTM talabalari ishtirokida 761 ta jinoyat sodir etilgan, 2025-yilning 6 oyida 307ta talaba tomonidan YTHlar, o‘g‘rilik, tan jarohati yetkazish, bezorilik, firibgarlik kabi jinoyatlar sodir etgan.

Eng ko‘p jinoyatlar* Toshkent davlat transport universiteti, O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hissasiga to‘g‘ri keladi, - deyiladi xabarda.

Ayrim OTMlar talabalari tomonidan bevosita dars vaqtida, ya’ni soat 08:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan davr mobaynida jinoyatlar sodir etilgan.
Bu ta’lim jarayoni muntazam nazorat qilinmayotganidan, talabalarning yotoqxonalarga kirib-chiqishi, yashashi hamda tungi vaqtda bo‘lishi ustidan nazorat yetarli darajada emasligi va talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish yo‘lga qo‘yilmaganidan dalolat beradi.

Muhokama yakunida ushbu holatlarning oldini olish yuzasidan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipovga Senatning tegishli parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risida qarori qabul qilindi.

Shuningdek, so‘nggi yillarda oliy ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslarga nisbatan korrupsiya holatlari bo‘yicha qator jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Bu esa, aholining haqli e’tirozlari ko‘payishiga, adolatsizliklar yuzasidan fuqarolarning shikoyatlari soni keskin ortishiga sabab bo‘layotganligi senatorlar tomonidan tanqid qilindi.
Yangiliklar lentasi
0