https://oz.sputniknews.uz/20250906/mudofaa-emas-urush-vazirligi--aqsh-otmishga-qaytishga-qaror-qildi-51781269.html
Mudofaa emas, Urush vazirligi — AQSh o‘tmishga qaytishga qaror qildi
Mudofaa emas, Urush vazirligi — AQSh o‘tmishga qaytishga qaror qildi
Sputnik O‘zbekiston
G‘arb barcha niqoblarini yechib tashlab, ochiqchasiga urush siyosatiga kirishmoqda. 06.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-06T17:39+0500
2025-09-06T17:39+0500
2025-09-07T09:14+0500
aqsh
aqsh prezidenti
pentagon
urush
yevropa ittifoqi
rossiya
kolumnistlar
analitika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/11/48/114877_0:12:2592:1470_1920x0_80_0_0_9392091b9b5365a6739f0f41f4e2c842.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligi nomini Urush vazirligi deb o‘zgartirish nafaqat ramziy, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri urush siyosatiga qaytish ma’nosi ham bor. Sovet Ittifoqining so‘nggi yillarida "qurolsizlanish" atamasi faol ishlatilgan, chunki SSSR va AQSh qurollarini qisqartirishga qaratilgan bir qator tashqi siyosiy tashabbuslar amalda edi. U ma’lum turdagi qurollarni ishlab chiqarish va boshqalarni qisqartirishni nazarda tutgan. Rossiya TIVda hatto shunday nomli bo‘lim ham bor edi. Keyinchalik asta-sekin Amerika atamasini qabul qilib bo‘lim nomini "Qurollarni nazorat qilish" deb o‘zgartirdik. Bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar deyarli barcha qurollarni nazorat qilish bo‘yicha kelishuvlardan chiqqan. Yaqinda Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi "Yevropa bilan hamkorlik" departamenti nomi "Yevropa muammolari departamenti" deb o‘zgartirildi. Bu ham ramziy, ham mohiyatan to‘g‘ri. Va eng muhimi, hamma uchun tushunarli.Shunisi e’tiborga loyiqki, bu nomni o‘zgartirish G‘arb siyosatidagi umumiy tendensiyani, ya’ni "kuch orqali tinchlik" yo‘nalishini aks ettiradi. Tramp ham bunga imzo chekkan. Ammo hozir BMT va uning Nizomi asosida Ikkinchi Jahon urushdan keyin tashkil etilgan butun xalqaro munosabatlar tizimni buzib tashlash haqida gap ketmoqda. BMTning asosiy qoidasi — xalqaro nizolarni hal qilishda kuch ishlatishdan bosh tortish edi. Bu tashkilot Nizomining 51-moddasiga muvofiq o‘zini himoya qilish huquqi bilan belgilangan. Ukraina masalasida G‘arb Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tishga, Bosh Assambleya orqali harakat qilishga urindi. Ammo yana bir narsa muhimroq: F.Olland va A.Merkel BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan, ya’ni AQSh ishtirokida ma’qullangan, 2015-yilgi Minsk shartnomalarini bajarish niyati yo‘qligini ochiq e’lon qilganidan so‘ng — G‘arbga bo‘lgan ishonch keskin pasaydi.G‘arb siyosatining yana bir muhim elementi Ukrainada etnotsentrik, mohiyatan irqchi davlat barpo etilish istagidir. Bu esa 1918-1939 yillardagi urushlararo davrda turli ko‘rinishdagi tajovuzkor millatchilik (Germaniyada bo‘lgani kabi - tahr.) va oxir-oqibat Ikkinchi Jahon urushiga olib kelgan edi.Shunday qilib, G‘arb o‘z niqoblarini yechib tashlab, ochiqchasiga urush siyosatiga kirishmoqda. Boshqacha aytganda, nafaqat Yevropadagi Yalta-Potsdam kelishuvlari, BMT tashkil etilishi, balki Birinchi jahon urushidan keyingi Versal shartnomasining qarorlari ham ham shubha ostida qolmoqda.Bu yerda o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Aleksandr Yakovenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1c/47729514_467:0:2403:1936_100x100_80_0_0_7b073bfd88de72a309511cd7eb4952ce.jpg
Aleksandr Yakovenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1c/47729514_467:0:2403:1936_100x100_80_0_0_7b073bfd88de72a309511cd7eb4952ce.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/11/48/114877_308:0:2284:1482_1920x0_80_0_0_becb0758d8760ade31a44e152567c39c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Yakovenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/01/1c/47729514_467:0:2403:1936_100x100_80_0_0_7b073bfd88de72a309511cd7eb4952ce.jpg
aqsh, aqsh prezidenti, pentagon, urush, yevropa ittifoqi, rossiya, kolumnistlar, analitika
aqsh, aqsh prezidenti, pentagon, urush, yevropa ittifoqi, rossiya, kolumnistlar, analitika
Mudofaa emas, Urush vazirligi — AQSh o‘tmishga qaytishga qaror qildi
17:39 06.09.2025 (yangilandi: 09:14 07.09.2025) G‘arb barcha niqoblarini yechib tashlab, ochiqchasiga urush siyosatiga kirishmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. AQSh Mudofaa vazirligi nomini Urush vazirligi deb o‘zgartirish nafaqat ramziy, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri urush siyosatiga qaytish ma’nosi ham bor.
Sovet Ittifoqining so‘nggi yillarida "qurolsizlanish" atamasi faol ishlatilgan, chunki SSSR va AQSh qurollarini qisqartirishga qaratilgan bir qator tashqi siyosiy tashabbuslar amalda edi. U ma’lum turdagi qurollarni ishlab chiqarish va boshqalarni qisqartirishni nazarda tutgan. Rossiya TIVda hatto shunday nomli bo‘lim ham bor edi. Keyinchalik asta-sekin Amerika atamasini qabul qilib bo‘lim nomini "Qurollarni nazorat qilish" deb o‘zgartirdik. Bugungi kunda Qo‘shma Shtatlar deyarli barcha qurollarni nazorat qilish bo‘yicha kelishuvlardan chiqqan.
Albatta, AQSh Mudofaa vazirligi nomini o‘zgartirish Amerika siyosatida tub o‘zgarishlarga olib kelmaydi. Har holda yangi nom hamma uchun rost va tushunarli. Xo‘sh, bu o‘zgarish ko‘p qutbli dunyoga munosabatmi? Yaxshi savol.
Yaqinda Rossiya Tashqi ishlar vazirligidagi "Yevropa bilan hamkorlik" departamenti nomi "Yevropa muammolari departamenti" deb o‘zgartirildi. Bu ham ramziy, ham mohiyatan to‘g‘ri. Va eng muhimi, hamma uchun tushunarli.
Shunisi e’tiborga loyiqki, bu nomni o‘zgartirish G‘arb siyosatidagi umumiy tendensiyani, ya’ni "kuch orqali tinchlik" yo‘nalishini aks ettiradi. Tramp ham bunga imzo chekkan.
Ammo hozir BMT va uning Nizomi asosida Ikkinchi Jahon urushdan keyin tashkil etilgan butun xalqaro munosabatlar tizimni buzib tashlash haqida gap ketmoqda. BMTning asosiy qoidasi — xalqaro nizolarni hal qilishda kuch ishlatishdan bosh tortish edi. Bu tashkilot Nizomining 51-moddasiga muvofiq o‘zini himoya qilish huquqi bilan belgilangan.
Barcha muhim qarorlar BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari (Eng yirik davlatlar) yakdilligi asosida qabul qilinishi belgilangan. Agar ulardan birortasi qarshi bo‘lsa (veto huquqi) qaror qabul qilinmagan, o‘zaro muzokaralar olib borilgan.
Ukraina masalasida G‘arb Xavfsizlik kengashini chetlab o‘tishga, Bosh Assambleya orqali harakat qilishga urindi. Ammo yana bir narsa muhimroq: F.Olland va A.Merkel BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan, ya’ni AQSh ishtirokida ma’qullangan, 2015-yilgi Minsk shartnomalarini bajarish niyati yo‘qligini ochiq e’lon qilganidan so‘ng — G‘arbga bo‘lgan ishonch keskin pasaydi.
G‘arb siyosatining yana bir muhim elementi Ukrainada etnotsentrik, mohiyatan irqchi davlat barpo etilish istagidir. Bu esa 1918-1939 yillardagi urushlararo davrda turli ko‘rinishdagi tajovuzkor millatchilik (Germaniyada bo‘lgani kabi - tahr.) va oxir-oqibat Ikkinchi Jahon urushiga olib kelgan edi.
Shunday qilib, G‘arb o‘z niqoblarini yechib tashlab, ochiqchasiga urush siyosatiga kirishmoqda. Boshqacha aytganda, nafaqat Yevropadagi Yalta-Potsdam kelishuvlari, BMT tashkil etilishi, balki Birinchi jahon urushidan keyingi Versal shartnomasining qarorlari ham ham shubha ostida qolmoqda.
Bu yerda o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan ko‘p narsa bor.