Cho‘lponotada Markaziy Osiyo energetiklari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

© UzAV Cholpan-Ate proshla vstrecha energetikov SA
V Cholpan-Ate proshla vstrecha energetikov SA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2025
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston energetiklari hamda Rossiya kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida 4-5 sentabr kunlari Markaziy Osiyo elektr energetika muvofiqlashtiruvchi kengashining 44-yig‘ilishi hamda muvofiqlashtiruvchi komissiyasining 46-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston, Tojikiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondan energetika tashkilotlari mas’ullari, mutaxassislar ishtirok etdi. Rossiya Federatsiyasining energetika tashkilotlari vakillari esa tadbirda kuzatuvchi sifatida qatnashdi.
Tadbirda energetika xavfsizligini ta’minlash, yagona elektr bozorini shakllantirish, qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etish va transchegaraviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
© UzAV Cholpan-Ate proshla vstrecha energetikov SA
V Cholpan-Ate proshla vstrecha energetikov SA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2025
V Cholpan-Ate proshla vstrecha energetikov SA
Yig‘ilishda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Dadajon Isaqulov O‘zbekistonda elektr energetika tarmog‘idagi yangilanishlar hamda istiqboldagi rejalar haqida ma’lumot berdi.

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, Cho‘lpon-Otada o‘tgan mazkur yig‘ilish Markaziy Osiyo mamlakatlarining energetika sohasidagi hamjihatligini kuchaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0