https://oz.sputniknews.uz/20250906/buxoroda-xalqaro-zamonaviy-sanat-biennalesi-boshlandi-51774477.html
Buxoroda xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi
Buxoroda xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirda san’at ixlosmandlari, xorijiy va mahalliy sayyohlar, 500 dan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etmoqda. 06.09.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-09-06T12:35+0500
2025-09-06T12:35+0500
2025-09-06T12:45+0500
buxoro
san’at
ommaviy tadbir
abu rayhon beruniy
al-xorazmiy
ibn sino
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/06/51777010_0:0:1073:603_1920x0_80_0_0_a7222decda6500497b905f4e653e1bbe.jpg
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Buxoroning Mag‘oki Attoriy markazida birinchi bor xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.Bu yilgi Buxoro biyennalesining mavzusi "Qalblar dardiga darmon" bo‘lib, unda 70 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan rassom va hunarmandlar o‘z asarlarini namoyish etmoqda."Buxoroga kelganimda bu yerdagi me’morchilikdan juda ilhomlangan edim. Men asli Saudiya Arabistonidanman. Bizda bu turdagi ish “Mang‘ur” deb ataladi, Buxoroda esa “Panjara” deyishadi.Panjara — bu teshikchali ekran bo‘lib, u yerda ochiq va yopiq joylar bor, xuddi binar kod kabi. Algoritm naqshlarni tahlil qilib, kodlar yarata oladi. Va bu kodlar aynan shu ekranlardan paydo bo‘ladi.Men bu asarni yaratishda Al-Xorazmiy va Ibn Sinodan asarlaridan ilhom oldim. Masalan, Ibn Sino qizil, ko‘k va sariq ranglarni davolovchi ranglar deb atagan.Buxoro biyennalesi 5-sentabrdan 20-noyabrga qadar davom etadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/06/51777010_134:0:938:603_1920x0_80_0_0_b67f556c2c6751089c5c68d46af4842b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buxoro, san’at, ommaviy tadbir, abu rayhon beruniy, al-xorazmiy , ibn sino
buxoro, san’at, ommaviy tadbir, abu rayhon beruniy, al-xorazmiy , ibn sino
Buxoroda xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi boshlandi
12:35 06.09.2025 (yangilandi: 12:45 06.09.2025) Tadbirda san’at ixlosmandlari, xorijiy va mahalliy sayyohlar, 500 dan ortiq soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Buxoroning Mag‘oki Attoriy markazida birinchi bor xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Biyennalening asosiy maqsadi — O‘zbekistonning jahon madaniy xaritasidagi nufuzini oshirish, zamonaviy san’at, tarixiy meros, kreativ iqtisodiyot va turizm uyg‘unligini ta’minlashdir.
Bu yilgi Buxoro biyennalesining mavzusi "Qalblar dardiga darmon" bo‘lib, unda 70 dan ortiq davlatlardan tashrif buyurgan rassom va hunarmandlar o‘z asarlarini namoyish etmoqda.
"Buxoroga kelganimda bu yerdagi me’morchilikdan juda ilhomlangan edim. Men asli Saudiya Arabistonidanman. Bizda bu turdagi ish “Mang‘ur” deb ataladi, Buxoroda esa “Panjara” deyishadi.
Panjara — bu teshikchali ekran bo‘lib, u yerda ochiq va yopiq joylar bor, xuddi binar kod kabi. Algoritm naqshlarni tahlil qilib, kodlar yarata oladi. Va bu kodlar aynan shu ekranlardan paydo bo‘ladi.
Men bu asarni yaratishda Al-Xorazmiy va Ibn Sinodan asarlaridan ilhom oldim. Masalan, Ibn Sino qizil, ko‘k va sariq ranglarni davolovchi ranglar deb atagan.
Al-Xorazmiyning "Al-jabr” so‘zi esa shifo berish, davolash ma’nosini anglatadi. Shu bois mening ushbu ishim “Shifabaxsh algoritm” deb ataladi", - dedi saudiyalik mehmon.
Buxoro biyennalesi 5-sentabrdan 20-noyabrga qadar davom etadi.