https://oz.sputniknews.uz/20250905/rossiya-iqtisodiyot-putin-51747249.html
Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart – Putin
Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart – Putin
Sputnik O‘zbekiston
Uzoq Sharq, Arktikani rivojlantirish, kelajak iqtisodiyotini barpo qilish odamlar farovonligi va ular daromadining o‘sishiga, malakali, yuqori maoshli ish joylari foydasiga bandlikning tuzilmaviy o‘zgarishiga olib kelishi shart. Biz bu mintaqalarda va butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirayotgan strategiyaning ma’nosi, mantig‘i shunda. Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart. Bu quruq gap emas, bu populizm emas: bunda iqtisodiy ma’no bor”, - dedi Rossiya rahbari Sharqiy iqtisodiy forumda.
2025-09-05T11:02+0500
2025-09-05T11:02+0500
2025-09-05T12:44+0500
rossiya
iqtisod
vladimir putin
sharqiy iqtisodiy forum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51747580_0:0:3064:1725_1920x0_80_0_0_99920de3d846193b6392108493796be7.jpg
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart, davlat amalga oshirayotgan strategiyaning ma’nosi shunda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF) yalpi majlisida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.Putinning aniqlik kiritishicha, so‘nggi o‘n yil ichida Uzoq Sharqda o‘rtacha oylik 2,5 baravarga oshgan. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra nominal ish haqi oyiga 100 ming rubldan oshgan. Shuningdek, mintaqada ishsizlik darajasi 2,4 foizgacha kamaygan.X ShIF 3-6 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi forumning mavzusi "Uzoq Sharq — tinchlik va taraqqiyot uchun hamkorlik".Sputnik — forumning bosh axborot hamkori
https://oz.sputniknews.uz/20250905/putin-sharqiy-iqtisodiy-forumd-51730071.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51747580_335:0:3064:2047_1920x0_80_0_0_98c4f5ef1379be91635c447fccca4b10.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar sharqiy iqtisodiy forum shif
putin rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar sharqiy iqtisodiy forum shif
Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart – Putin
11:02 05.09.2025 (yangilandi: 12:44 05.09.2025) Rossiya prezidenti bu quruq gap va populzm emasligini qayd etdi.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart, davlat amalga oshirayotgan strategiyaning ma’nosi shunda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF) yalpi majlisida so‘zlagan nutqida
ma’lum qildi. “Uzoq Sharq, Arktikani rivojlantirish, kelajak iqtisodiyotini barpo qilish odamlar farovonligi va ular daromadining o‘sishiga, malakali, yuqori maoshli ish joylari foydasiga bandlikning tuzilmaviy o‘zgarishiga olib kelishi shart. Biz bu mintaqalarda va butun mamlakat bo‘ylab amalga oshirayotgan strategiyaning ma’nosi, mantig‘i shunda. Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart. Bu quruq gap emas, bu populizm emas: bunda iqtisodiy ma’no bor”, - dedi Rossiya rahbari.
Putinning aniqlik kiritishicha, so‘nggi o‘n yil ichida Uzoq Sharqda o‘rtacha oylik 2,5 baravarga oshgan. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra nominal ish haqi oyiga 100 ming rubldan oshgan. Shuningdek, mintaqada ishsizlik darajasi 2,4 foizgacha kamaygan.
X ShIF 3-6 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi forumning mavzusi "Uzoq Sharq — tinchlik va taraqqiyot uchun hamkorlik".
Sputnik — forumning bosh axborot hamkori