Putin ShIF yalpi majlisida nutq so‘zladi – asosiy bayonotlar

© RIA Novosti / Yevgeniy Biyatov / Mixail Koritov, STFPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti o‘z nutqida qator masalalarga to‘xtaldi.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida nutq so‘zladi. Rossiya rahbari ko‘plab mavzular, jumladan, iqtisodiyot, Uzoq Sharqni rivojlantirish, Ukraina mojarosini tartibga solish, xalqaro munosabatlarga to‘xtalib o‘tdi.

Iqtisodiyot

“Rossiya iqtisodiyoti yuqori maoshlar iqtisodiyoti bo‘lishi shart. Bu quruq gap emas, bu populizm emas: bunda iqtisodiy ma’no bor”, - dedi Rossiya rahbari.

Rossiya yetakchisi oddiy bo‘lmagan zamonaviy sharoitlarda hech kim ishonmaslik kerakligini aytdi.
“Hech kimga ishonish mumkin emas. Shaxsiy tajribadan kelib chiqish, internetda o‘tiradiganlar emas, balki mutaxassislar fikriga murojaat qilish kerak”, - dedi Putin.
U Rossiya hukumati va Markaziy bankning inflyatsiyaga nisbatan xatti-harakatlarini professional deb atadi. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, agar asosiy stavka birdaniga pasaytirilsa, narxlar oshib ketadi.
Putin Rossiya iqtisodiyoti texnik stagnatsiya holatda degan fikrga qo‘shilmadi.

Ukraina, muzokaralar va G‘arb qo‘shinlari haqida

Rossiya Ukrainadagi har qanday xorijiy qo‘shinni yo‘q qilishni o‘zining qonuniy nishon deb biladi.
Agar Ukrainada uzoq muddatli tinchlikka erishilsa, u yerda G‘arb qo‘shinlarni joylashtirishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi.
Moskva Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish uchun eng munosib joy. Putin Kiyev taklif etgan joyga borishni ortiqcha talab, deb atadi.
Rossiya Ukraina bilan muloqot qilishga tayyor, lekin bundan nima ma’no borligini ko‘rmayapti. Chunki asosiy masalalar bo‘yicha kelishish deyarli imkonsiz.
Kiyev yaqingacha Rossiya bilan aloqani rad etgan edi, endi esa o‘zi muloqotni xohlayapti.
Xavfsizlik kafolatlari ham Rossiya, ham Ukraina uchun bo‘lishi kerak, ammo bu masala hali jiddiy muhokama qilinmagan.
Ukrainaning NATOga qo‘shilishi Rossiya xavfsizlik manfaatlariga bevosita daxldor.
Rossiya Ukrainaning Yevropaga qo‘shilish harakatlariga qarshilik qilmagan. Bu mamlakatning qonuniy tanlovi.

Xalqaro munosabatlar

Rossiyadan Xitoyga ko‘prik kelasi yil ochilishi kerak.
Shimoliy Koreya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni rivojlantirish ikki mamlakat bilan aloqalarni yaqinlashtirishga xizmat qiladi.
Rossiya ochiq, hech kimdan yuz o‘girmagan va o‘z milliy qobig‘iga kirib olmaydi.
Ko‘plab Yevropa kompaniyalari Rossiyadan siyosiy sabablarga ko‘ra o‘zlari uchun ziyon bilan ketdi, lekin qaytishni istashmoqda.
Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uning zarur bo‘lganda bir-birlariga qo‘ng‘iroq qilish kelishuvi borligini ma’lum qildi: “U men bu suhbatlarga ochiqligimni biladi. U ham, men ham bu haqda bilamiz”.
Rossiya va Xitoy sanksiyalar ortidan o‘zaro hisob-kitoblar tizimi va kartalar bilan to‘lovni soddalashtirish ustida ishlayapti.

Uzoq Sharq

Uzoq Sharq – Rossiyaning strategik muhim mintaqasi.
Uzoq Sharq rolini Rossiya iqtisodiyoti doirasida ham, xalqaro aloqalarda ham oshirish kerak. Uzoq Sharq va Sibirni rivojlantirish Rossiyaning joriy asrdagi ustuvor vazifasi sifatida belgilangan.
Mintaqa ko‘plab ko‘rsatkichlar bo‘yicha umumrossiya rivojlanish sur’atidan oldinda.
Mintaqada foydali qazilmalarni qazib olish kengaymoqda – ularda ilg‘or texnikalardan foydalanish kerak.
Rossiya Uzoq Sharqdagi dengiz portlarini rivojlantiradi.
X ShIF 3-6 sentabr kunlari Uzoq Sharq federal universiteti kampusida bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi forumning mavzusi "Uzoq Sharq — tinchlik va taraqqiyot uchun hamkorlik".
Sputnik — forumning bosh axborot hamkori.
Vladimir Putin ShIF yalpi majlisida ishtirok etmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Putin Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida ishtirok etdi - video
Yangiliklar lentasi
0