https://oz.sputniknews.uz/20250905/ozbekiston-chegara-qirgiziston-51664609.html
Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegaradagi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi
Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegaradagi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq Qirg‘iziston nashrlari mamlakatda qidiruvga berilgan ikki nafar fuqaroning jasadi O‘zbekiston chegarasidan topilgani haqida xabar qilgandi.O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Ugam–Chotqol qo‘riqxonasi yaqinida joylashgan chegara hududida 2 nafar noma’lum shaxsning harakati kuzatilgan. Chegara naradi ularni to‘xtashga chaqirgan, biroq ular bo‘ysunmay qochishga uringan.
2025-09-05T10:01+0500
2025-09-05T10:01+0500
2025-09-05T10:01+0500
siyosat
o‘zbekiston
qirg‘iziston
chegara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51741738_1:0:1279:719_1920x0_80_0_0_3cfa14393316d2ed4580b10e2aafabf9.jpg
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegaradagi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdiAvvalroq Qirg‘iziston nashrlari mamlakatda qidiruvga berilgan ikki nafar fuqaroning jasadi O‘zbekiston chegarasidan topilgani haqida xabar qilgandi.O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Ugam–Chotqol qo‘riqxonasi yaqinida joylashgan chegara hududida 2 nafar noma’lum shaxsning harakati kuzatilgan. Chegara naradi ularni to‘xtashga chaqirgan, biroq ular bo‘ysunmay qochishga uringan.Qayd etilishicha, hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida 1 dona chodir, 3 ta ot, oziq-ovqat mahsulotlari hamda uchinchi shaxsning izlari topilgan. U yashirinishga ulgurib, Qirg‘iziston tomonga qaytib ketgan. Shu kunning o‘zida Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegara idoralari hodisa haqida xabardor qilingan. 31-avgust kuni vafot etganlar Qirg‘iziston fuqarolari ekani aniqlanib, ularning jasadi qarindoshlariga topshirilgan.2-3 sentabr kunlari esa O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara idoralari rahbarlari kelishuvi asosida hodisa joyi qo‘shma tartibda o‘rganildi.Qo‘shimcha qilinishicha, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida ikki tomon chegaraoldi hududlarida yashovchi aholiga tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, murakkab tog‘li hududlarni qo‘riqlashda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/09/05/51741738_0:0:959:719_1920x0_80_0_0_d4bd661870cb8e1944b7673eca171dc5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qirg‘iziston fuqaro o‘zbekiston chegara qonun chora-tadbir nizo kelishuv
qirg‘iziston fuqaro o‘zbekiston chegara qonun chora-tadbir nizo kelishuv
Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegaradagi hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi
Ogohlantirishlarga qaramay, ikki Qirg‘iziston fuqarosi chegara tomonga yaqinlasha boshlagan. Chegara qo‘shinlari so‘nggi chora sifatida ularga o‘q uzgan, qoidabuzarlar voqea joyida vafot etgan.
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari Qirg‘iziston bilan chegaradagi hodisa yuzasidan rasmiy
ma’lumot berdi Avvalroq Qirg‘iziston nashrlari mamlakatda qidiruvga berilgan ikki nafar fuqaroning jasadi O‘zbekiston chegarasidan topilgani haqida xabar qilgandi.
O‘zbekiston Chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi Ugam–Chotqol qo‘riqxonasi yaqinida joylashgan chegara hududida 2 nafar noma’lum shaxsning harakati kuzatilgan. Chegara naradi ularni to‘xtashga chaqirgan, biroq ular bo‘ysunmay qochishga uringan.
O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, ularni to‘xtatish maqsadida havoga ogohlantiruvchi o‘qlar uzilgan. Shunga qaramay, shaxslar chegaraga tomon harakatni davom ettirgan. Oxirgi chora sifatida ularga nisbatan qurol qo‘llanilgan. Natijada ular jarohat olib, ko‘rsatilgan birinchi tibbiy yordamga qaramay, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, hodisa joyini ko‘zdan kechirish davomida 1 dona chodir, 3 ta ot, oziq-ovqat mahsulotlari hamda uchinchi shaxsning izlari topilgan. U yashirinishga ulgurib, Qirg‘iziston tomonga qaytib ketgan. Shu kunning o‘zida Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegara idoralari hodisa haqida xabardor qilingan. 31-avgust kuni vafot etganlar Qirg‘iziston fuqarolari ekani aniqlanib, ularning jasadi qarindoshlariga topshirilgan.
2-3 sentabr kunlari esa O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara idoralari rahbarlari kelishuvi asosida hodisa joyi qo‘shma tartibda o‘rganildi.
"Komissiya tekshiruvlari natijasida chegara naradi harakatlari O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq bo‘lgani, vafot etgan Qirg‘iziston fuqarolari tomonidan Davlat chegarasi buzilgani, uchinchi shaxs esa Qirg‘iziston hududiga yashirinib qaytgani tasdiqlandi. Unga nisbatan choralar ko‘rish bo‘yicha tomonlar kelishuvga erishdi", - deyilgan rasmiy xabarda.
Qo‘shimcha qilinishicha, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida ikki tomon chegaraoldi hududlarida yashovchi aholiga tushuntirish ishlarini olib borish, shuningdek, murakkab tog‘li hududlarni qo‘riqlashda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.