Olmoata aeroportida atom bombasi haqida hazil qilgan o‘zbekistonlik jarimaga tortildi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Dlya passajirov, viletayushix iz mejdunarodnogo aeroporta "Tashkent", dostupna usluga Fast Track.
Dlya passajirov, viletayushix iz mejdunarodnogo aeroporta Tashkent, dostupna usluga Fast Track. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2025
Obuna bo‘lish
Noo‘rin xazil o‘zbekistonlik yo‘lovchiga qimmatga tushdi: u Olmaota aeroportida qariyb 1,81 mln so‘m, ya’ni 78,6 ming tenge jarimaga tortildi
TOShKENT, 5 sen – Sputnik. O‘zbekistonlik 18 yoshli yo‘lovchi Olmaota aeroportida noo‘rin hazil qildi va jarimaga tortildi, deb xabar berdi Qozog‘iston transport politsiyasi departamenti.
Hodisa 2-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Xalqaro parvozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish peshtaxtasida bu yigit hazillashib, bagajida atom bombasi borligini aytgan.

"Chet el fuqarosi mayda bezorilik uchun javobgarlikka tortildi va unga 20 AYeK (oylik hisoblangan ko‘rsatkichlar), ya’ni 78 640 tenge miqdorida jarima solindi", - deyiladi politsiya xabarida.

Gimalai s vershini gori Everest v Nepale  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Qozog‘iston tog‘larida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi
Yangiliklar lentasi
0