https://oz.sputniknews.uz/20250904/vazirlik-tolov-munosabat-51720539.html
Qurilish vazirligi ruxsatnoma uchun “qo‘shimcha xarajat” haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Qurilish vazirligi ruxsatnoma uchun “qo‘shimcha xarajat” haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Vazirlik: qurilish ruxsatnomalari elektron tarzda amalga oshiriladi, qo‘shimcha to‘lov talab qilinmaydi
2025-09-04T11:26+0500
2025-09-04T11:26+0500
2025-09-04T11:26+0500
korrupsiya
jamiyat
toshkent
qurilish
qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi
yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/199/20/1992019_0:107:2048:1259_1920x0_80_0_0_b3c89c003374db92159b93cfc2b59a92.jpg
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Korrupsiyaviy holatlar haqidagi xabarlarni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘rganib chiqib, rasmiy munosabat bildirdi.Vazirlikning ma’lum qilishicha, qurilish sohasiga oid barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar belgilangan tartibda elektron tarzda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha mablag‘ talab qilinishi mumkin emas. Ta’kidlanishicha, obyekt qurilishiga oid ruxsatnoma olishdan tortib, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar vazirlikning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali to‘liq nazorat qilib boriladi. Ushbu jarayonlar hukumat qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlar bilan aniq tartibga solingan. Hozirda qurilish sohasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu jarayon shaffoflikni ta’minlash va ortiqcha ovoragarchilikni bartaraf etishga xizmat qiladi. Tegishli hukumat qarorlariga binoan Toshkent shahrida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning jami qurilish hajmining har bir kub metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im joriy etilgan. Ushbu yig‘im to‘liq hajmda Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Shuningdek, qurilish sohasida korrupsiya holatlariga duch kelgan tadbirkor va fuqarolar vazirlikning ishonch telefonlari, elektron pochtasi yoki telegram-botiga murojaat qilishlari mumkinligi aytib o‘tilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20250902/namangan-hokim-pora-ushlanish-51675701.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/199/20/1992019_114:0:1934:1365_1920x0_80_0_0_6e463b084d56010a6a43645566cb3b14.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qurilish sohasida korrupsiya, vazirlik rasmiy munosabat, 200 ming dollarlik qo‘shimcha to‘lov iddaosi, shaffof qurilish tizimi, qurilish ruxsatnomalari my.gov.uz, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, qurilish ruxsatnoma jarayoni, toshkent qurilish yig‘imi, korrupsiya holatlari haqida xabar berish, korrupsiyaviy "shapka"
qurilish sohasida korrupsiya, vazirlik rasmiy munosabat, 200 ming dollarlik qo‘shimcha to‘lov iddaosi, shaffof qurilish tizimi, qurilish ruxsatnomalari my.gov.uz, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, qurilish ruxsatnoma jarayoni, toshkent qurilish yig‘imi, korrupsiya holatlari haqida xabar berish, korrupsiyaviy "shapka"
Qurilish vazirligi ruxsatnoma uchun “qo‘shimcha xarajat” haqidagi xabarga munosabat bildirdi
Tadbirkor Usmonjon Abdusamatov Toshkentda barcha instansiyadan o‘tib, ruxsatnoma olish uchun quruvchi har bir uy uchun 200 ming dollargacha to‘lashi mumkin degandi.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Korrupsiyaviy holatlar haqidagi xabarlarni Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi o‘rganib chiqib, rasmiy
munosabat bildirdi.
Vazirlikning ma’lum qilishicha, qurilish sohasiga oid barcha davlat xizmatlari va to‘lovlar belgilangan tartibda elektron tarzda amalga oshiriladi. Qo‘shimcha mablag‘ talab qilinishi mumkin emas.
"Bunda jismoniy va yuridik shaxslar har qanday shaharsozlik hujjatlarini faqatgina my.gov.uz elektron portali hamda Davlat xizmatlari markazlari orqali yuborishlari mumkin. Ushbu jarayonlarda jismoniy yoki yuridik shaxs hamda vakolatli organ vakili o‘rtasida o‘zaro muloqotga yo‘l qo‘yilmaydi", - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, obyekt qurilishiga oid ruxsatnoma olishdan tortib, foydalanishga qabul qilishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar vazirlikning “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali to‘liq nazorat qilib boriladi.
Ushbu jarayonlar hukumat qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlar bilan aniq tartibga solingan.
Hozirda qurilish sohasida davlat xizmatlarini raqamlashtirish bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Bu jarayon shaffoflikni ta’minlash va ortiqcha ovoragarchilikni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Tegishli hukumat qarorlariga binoan Toshkent shahrida quriladigan va rekonstruksiya qilinadigan obyektlarning jami qurilish hajmining har bir kub metri uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im joriy etilgan.
Ushbu yig‘im to‘liq hajmda Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, qurilish sohasida korrupsiya holatlariga duch kelgan tadbirkor va fuqarolar vazirlikning ishonch telefonlari, elektron pochtasi yoki telegram-botiga murojaat qilishlari mumkinligi aytib o‘tilgan.