Rossiya Ozarbayjonni qo‘lga olingan rossiyaliklarni ozod qilishga chaqirdi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishBrifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy.
Brifing ofitsialnogo predstavitelya MID Rossii M. Zaxarovoy. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Obuna bo‘lish
Hibsga olingan rossiyaliklarni ozod etish — munosabatlar iliqlashishidagi muhim qadam – Rossiya TIV.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Bokuning hibsga olingan rossiyaliklarni ozod etishi Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi deb hisoblaydi. Bu haqda u Sharqiy iqtisodiy forum (ShIF-2025) doirasidagi RIA Novostiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Ta’kidlaymiz: Rossiya fuqarolarining ozod etilishi Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash yo‘lidagi muhim qadamdir”, - dedi Zaxarova.
Ozarbayjon hukumati 30-iyun kuni "Rossiya segodnya" media guruhi tarkibiga kiruvchi Sputnik Ozarbayjon agentligida yetti kishini asossiz ravishda hibsga olgan edi. Sputnik Ozarbayjon tahririyati rahbari Igor Kartavix va bosh muharrir Yevgeniy Belousov to‘rt oy muddatdagi qamoqqa olinishgan. "Rossiya segodnya" media guruhi Ozarbayjon hukumatini o‘z xodimlarini darhol ozod qilishga va bu nomaqbul vaziyatni zudlik bilan hal etishga chaqirgan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Kreml Sputnik Ozarbayjon va Ruptly xodimlarining hibsga olinishi bilan bog‘liq vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Uning ta’kidlashicha, Moskva Boku bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali hibsga olingan jurnalistlarning ozod etilishiga erishishga umid qilmoqda. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘z navbatida Boku hech qachon Sputnik Ozarbayjon idorasiga ham, jurnalistlar faoliyatiga ham e’tiroz bildirmaganini qayd etgan.
Jurnalisti Igor Kartavix i Yevgeniy Belousov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2025
Sputnik Ozarbayjon jurnalistlari tezroq o‘z vataniga qaytarilishi kerak — Kiselov
Yangiliklar lentasi
0