https://oz.sputniknews.uz/20250904/ozbekiston-belarus-qoshma-kompaniya-51728144.html
O‘zbekiston va Belarus qo‘shma tashqi savdo kompaniya tashkil etadi
O‘zbekiston va Belarus qo‘shma tashqi savdo kompaniya tashkil etadi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Belarus qo‘shma tashqi savdo kompaniya tashkil etish hakida kelishib oldi
2025-09-04T14:23+0500
2025-09-04T14:23+0500
2025-09-04T14:23+0500
iqtisod
o‘zbekiston
belarus
hamkorlik
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0f/48892734_0:104:2000:1229_1920x0_80_0_0_1b50f17d461536ce242f358359a3692a.jpg
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Belarus Toshkent va Minskda vakolatxonalari mavjud qo‘shma ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniya tashkil etish ustida ishlamoqda, deb xabar bermoqda BelTA O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyevga tayanib.Vitebskda o‘tkazilgan III Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes-forumining plenar yig‘ilishida u O‘zbekiston Belarus bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat berishini ta’kidlagan.Shuningdek, u hamkorlikning yana bir yo‘nalishini – qishloq xo‘jaligini ham alohida qayd etib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston uchun Belarusda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va samarali agrar yechimlardan foydalanish, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda eksport qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirish juda qiziq ahamiyat kasb etgan.Vazir o‘rinbosari respublikada qulay investitsiya va tadbirkorlik muhiti yaratilganini ta’kidlab o‘tdi. Mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma korxonalar tashkil etish uchun hamkorlik imkoniyatlari ochiq ekanligini bildirdi.
https://oz.sputniknews.uz/20250903/uzbekistan-belarus-agrosanoat-hamkorlik-51695900.html
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/04/0f/48892734_112:0:1889:1333_1920x0_80_0_0_c01f9d5bb200d0bc8aa127419868541c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston belarus qo‘shma tashqi savdo kompaniya vitebsk forum biznes-forum
o‘zbekiston belarus qo‘shma tashqi savdo kompaniya vitebsk forum biznes-forum
O‘zbekiston va Belarus qo‘shma tashqi savdo kompaniya tashkil etadi
Maqsad – har ikki mamlakat bozorlarida mahsulotlarni yanada samaraliroq targ‘ib qilishni ta’minlash, logistika va bojxona protseduralarini soddalashtirish, yetkazib berish muddatlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining xarajatlarini qisqartirish.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. O‘zbekiston va Belarus Toshkent va Minskda vakolatxonalari mavjud qo‘shma ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniya tashkil etish ustida ishlamoqda, deb xabar bermoqda
BelTA O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Xurram Teshaboyevga tayanib
. Vitebskda o‘tkazilgan III Belarus-O‘zbekiston ayollar biznes-forumining plenar yig‘ilishida u O‘zbekiston Belarus bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga alohida ahamiyat berishini ta’kidlagan.
"Belarus hamkorlar bilan savdoni yanada rivojlantirish maqsadida biz Minsk va Toshkentda ofislari, shuningdek, savdo uylari va ularda doimiy faoliyat yurituvchi shourumlari mavjud qo‘shma ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyani tashkil etish ustida ishlamoqdamiz. Ushbu chora-tadbirlar ikkala mamlakat bozorlarida mahsulotlarni yanada samarali targ‘ib qilishni ta’minlash, logistika va bojxona protseduralarini soddalashtirish, yetkazib berish muddatlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi", – deydi Teshaboyev.
Shuningdek, u hamkorlikning yana bir yo‘nalishini – qishloq xo‘jaligini ham alohida qayd etib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston uchun Belarusda qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va samarali agrar yechimlardan foydalanish, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda eksport qilish sohasida hamkorlikni rivojlantirish juda qiziq ahamiyat kasb etgan.
Vazir o‘rinbosari respublikada qulay investitsiya va tadbirkorlik muhiti yaratilganini ta’kidlab o‘tdi. Mashinasozlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoati, elektrotexnika va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi istiqbolli yo‘nalishlarda qo‘shma korxonalar tashkil etish uchun hamkorlik imkoniyatlari ochiq ekanligini bildirdi.
"Hamkorligimiz yanada keng ko‘lamli bo‘lishi va o‘zaro muvofiqlik hamda samarali kooperatsiya asosida rivojlanishi mumkin. Belarus kompaniyalarini O‘zbekistonda yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlarni birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga va keyinchalik ularni Janubiy Osiyo mamlakatlariga eksport qilishga taklif etamiz. Bu mamlakatlar bizning qo‘shnilarimiz – Afg‘oniston, Pokiston va Hindistondir. Ushbu mamlakatlarning jami aholisi 1,5 milliarddan ortiq bo‘lib, bu ulkan bozorni tashkil etadi”, – deya xulosa qilgan Xurram Teshaboyev.