Farg‘ona vodiysida "metan zapravkalarda" vaqtincha cheklov kiritiladi

© Sputnik / Baxrom XatamovAvtozapravochnaya stansiya
Avtozapravochnaya stansiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2025
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari sababli 5-6 sentabr kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalari (AGTKSh) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi.
TOShKENT, 4 sen – Sputnik. Farg‘ona vodiysining tog‘li hududidan o‘tuvchi qismida qo‘shimcha magistral gaz quvuri qurildi 5-6 sentabr kunlari yangi quvurni tarmoqqa ulash ishlari olib boriladi va cheklov shu sababli kiritiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududdan o‘tuvchi qismida qariyb 22 km qo‘shimcha quvur qurilishi yakuniga yetkazildi.
Ushbu yangi quvurni tarmoqqa ulash bo‘yicha montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan 2025-yil 5-sentabr kuni soat 12:00 dan boshlab 36 soat davomida “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvuri orqali tabiiy gaz uzatish vaqtincha to‘xtatiladi.
5-6 sentabr kunlari ta’mirlash ishlari vaqtida Farg‘ona vodiysi viloyatlaridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) hamda yirik iste’molchilarning gaz ta’minotiga vaqtincha cheklov kiritiladi.
Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, shuni hisobga olgan holda vodiy viloyatlari iste’molchilari uchun avtobenzin yoqilg‘isining sotuvga chiqarish hajmi oshiriladi.
Zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2025
O‘zbekistonda 7 oyda qancha ko‘mir, neft va gaz ishlab chiqarildi?
Yangiliklar lentasi
0