O‘zbekistonda oilaviy korxonalar soni ko‘paymoqda

© unsplash.com/Carlos MuzaGrafik na ekrane kompyutera.
Grafik na ekrane kompyutera. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2025
Obuna bo‘lish
Oilaviy korxonalar soni yil boshidan buyon 1 551 taga oshgan.
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. 2025 yil 1-avgust holatiga respublikada 37 816 ta oilaviy korxona faoliyat yuritmoqda. Bundan Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ular soni joriy yil boshidan buyon 1 551 taga ko‘paygan.
Tarmoqlar kesimidagi tahlilga ko‘ra, eng yirik ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, u umumiy oilaviy korxonalarning 40 foizini tashkil etadi.
Ularning sohalar kesimidagi soni quyidagicha:
savdo sohasida – 15 125 ta
sanoat sohasida – 8 565 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 7 244 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 2 596 ta
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish – 652 ta
tashish va saqlash sohasida – 339 ta
qurilish sohasida – 299 ta
axborot va aloqa sohasida – 244 ta
boshqa sohalarda – 2 752 ta
Muzey prikladnogo iskusstva  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2025
O‘zbekiston muzeylaridagi eksponatlar soni 2,7 mln donaga yetdi
Yangiliklar lentasi
0