O‘zbekistondagi yapon asirlari tarixi — Kvantun armiyasidan osuda hayotgacha

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Manjuriyada sovet qo‘shinlari 640 ming yapon askarini qurshab, asirga olgan. Asirlarning 20 ming nafarga yaqini O‘zbekistonga jo‘natilgan.
1945 yil avgustda Sovet qo‘shinlari Kvantun armiyasini tor-mor etgandan so‘ng O‘zbekistonga 20 mingga yaqin yapon harbiy asiri yuborilgan. Bu yerda ular qurilishlarda ishlashgan, yo‘llar, binolar va hatto madaniy inshootlarni barpo etishgan. Bu inshootlarning aksariyati bugungi kungacha saqlanib kelmoqda. Ular orasida: Farhod GES va 1966-yilgi zilzilada umuman buzilmagan Alisher Navoiy nomidagi teatr.
Og‘ir urush o‘tmishiga qaramay, sovet xalqi sobiq dushmanlarga insoniy munosabatda bo‘lgan.
“Ha, ular dushman edi, urush boshlashdi, ammo bu yerda ko‘rsatilgan insoniylik va ularga nisbatan munosabat chuqur hurmatga sazovordir”, — deydi tarix fanlari nomzodi Vasiliy Kosteskiy.
Sputnik lavhasida tarixchi o‘zbekistonliklarning asirlarga bo‘lgan munosabati, yapon askarlarining o‘n yillar o‘tib ham lagerlardagi hayotni hurmat va iliqlik bilan xotirlashi sabablari, shuningdek, Sovet Ittifoqining Osiyoda Ikkinchi jahon urushini yakunlashdagi roli haqida so‘zlab berdi.
Yangiliklar lentasi
0