"O‘zbekneftgaz": Ai-80 benzinini birja orqali sotish to‘xtatildi

© Sputnik / Konstantin MixalchevskiyZapravka benzinom
Zapravka benzinom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2025
Obuna bo‘lish
Avgust oyida tadbirkor iste’molchilar tomonidan xarid qilingan Ai-80 avtobenzin hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentabr oyida ham o‘z egalariga yetkazib beriladi
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. "O‘zbekneftgaz" AJ bugundan boshlab Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatganligi haqida xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi prezident farmoni ijrosiga muvofiq, “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan bosqichma-bosqich yuqori oktanli (Ai-92) avtobenzin ishlab chiqarishga o‘tish va sentabr oyidan boshlab birja savdolariga faqat yuqori oktanli avtobenzin joylashtirilishi rejalashtirilgan edi.
Shu bois “O‘zbekneftgaz” AJ 2025-yil 2-sentabrdan boshlab, Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni to‘xtatgan.

O‘z navbatida Ai-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirildi. Shu vaqtga qadar 1000 tonna Ai-92 benzini savdolarga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda bu raqam 1720 tonnani tashkil etmoqda. Ichki bozor talabidan kelib chiqib, bu hajmlarni oshirish imkoniyati mavjud ekanligi ta’kidlandi.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, avgust oyida tadbirkor iste’molchilar tomonidan xarid qilingan Ai-80 benzini hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentabr oyida ham o‘z egalariga yetkazib beriladi.
Proizvodstvo_benzina_i_dizelya_v_Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.08.2025
O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish kamaydi, dizel ishlab chiqarish esa oshdi
Yangiliklar lentasi
0