https://oz.sputniknews.uz/20250902/tashkent-openbyudge-51672542.html
Toshkentda "Open budjet" g‘oliblarining 96 foizi davlat tashkilotlari bo‘ldi
Toshkentda "Open budjet" g‘oliblarining 96 foizi davlat tashkilotlari bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahridagi jami 190 ta g‘olib loyihadan 182 tasi (qariyib 96 foizi) davlat tashkilotlariga tegishli bo‘ldi. Jumladan: 28 ta – maktabgacha ta’lim muassasalari, 84 ta – umumta’lim maktablari,
2025-09-02T12:07+0500
2025-09-02T12:07+0500
2025-09-02T12:07+0500
“tashabbusli budjet” loyihasi
jamiyat
maktab
loyiha
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0c/26122736_0:116:2000:1241_1920x0_80_0_0_d5ae8832f9f1d9863afe127f916548c1.jpg
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Kecha “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi ikkinchi mavsumi g‘olib loyihalari e’lon qilindi.Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahridagi jami 190 ta g‘olib loyihadan 182 tasi (qariyib 96 foizi) davlat tashkilotlariga tegishli bo‘ldi. Jumladan:Davlat muassasalari bilan bog‘liq bo‘lmagan g‘olib loyihalar soni atigi 8 ta bo‘lib, ularning 3 tasi bolalar maydonchasi barpo etish, 5 tasi esa ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq.G‘oliblar orasida o‘tgan mavsumda ham g‘olib bo‘lib, budjetdan mablag‘ ajratilgan davlat muassasalarini ta’mirlashga oid loyihalar ham uchraydi. Masalan, Akademik X. To‘raqulov nomidagi Endokrinologiya markazi va boshqa qator muassasalar. Shu bilan birga, mahallalar uchun “tanaffus” qoidasi amal qiladi: ular bir mavsum g‘olib chiqqanidan so‘ng, keyingi mavsumda ishtirok eta olmaydi.
https://oz.sputniknews.uz/20250901/tashabbusli-byudjet-goliblar-51645147.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/0c/26122736_167:0:2000:1375_1920x0_80_0_0_7f1722b5a49fd2b6897b6a0487c5d0b9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
tashabbusli budjet 2025, openbudjet g‘oliblari, toshkent g‘olib loyihalar, qashqadaryo tashabbusli budjet, davlat muassasalari loyihalari, mahalla tashabbuslari, bolalar maydonchasi loyihasi, ichki yo‘l ta’miri, endokrinologiya markazi loyihasi, tanaffus qoidasi, openbudjet, open budjet, open budget, open bujet, tashabbusli bujet toshkent
tashabbusli budjet 2025, openbudjet g‘oliblari, toshkent g‘olib loyihalar, qashqadaryo tashabbusli budjet, davlat muassasalari loyihalari, mahalla tashabbuslari, bolalar maydonchasi loyihasi, ichki yo‘l ta’miri, endokrinologiya markazi loyihasi, tanaffus qoidasi, openbudjet, open budjet, open budget, open bujet, tashabbusli bujet toshkent
Toshkentda "Open budjet" g‘oliblarining 96 foizi davlat tashkilotlari bo‘ldi
Taqqoslash uchun, Qashqadaryoda g‘olib loyihalarning atigi 8 foizigina davlat muassasalariga tegishli, qolgan 92 foizi esa mahalla yo‘llarini ta’mirlash kabi aholi tashabbuslariga to‘g‘ri keldi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Kecha “Tashabbusli budjet” jarayonining 2025-yilgi ikkinchi mavsumi g‘olib loyihalari
e’lon qilindi.
Tahlillarga ko‘ra, Toshkent shahridagi jami 190 ta g‘olib loyihadan 182 tasi (qariyib 96 foizi) davlat tashkilotlariga
tegishli bo‘ldi. Jumladan:
28 ta – maktabgacha ta’lim muassasalari;
84 ta – umumta’lim maktablari;
4 ta – musiqa va maktabdan tashqari tashkilotlar;
6 ta – boshqa ta’lim muassasalari;
9 ta – sport muassasalari;
1 ta – oliy ta’lim muassasasi;
48 ta – sog‘liqni saqlash muassasalarini ta’mirlash va moddiy-texnik bazasini yangilashga qaratilgan loyihalar.
Davlat muassasalari bilan bog‘liq bo‘lmagan g‘olib loyihalar soni atigi 8 ta bo‘lib, ularning 3 tasi bolalar maydonchasi barpo etish, 5 tasi esa ichki yo‘llarni ta’mirlash bilan bog‘liq.
G‘oliblar orasida o‘tgan mavsumda ham g‘olib bo‘lib, budjetdan mablag‘ ajratilgan davlat muassasalarini ta’mirlashga oid loyihalar ham uchraydi. Masalan, Akademik X. To‘raqulov nomidagi Endokrinologiya markazi va boshqa qator muassasalar. Shu bilan birga, mahallalar uchun “tanaffus” qoidasi amal qiladi: ular bir mavsum g‘olib chiqqanidan so‘ng, keyingi mavsumda ishtirok eta olmaydi.