https://oz.sputniknews.uz/20250902/mirziyoev-oquvchi-tabrik-51673382.html
Mirziyoyev o‘quvchi va o‘qituvchilarni "Bilimlar kuni" bilan tabrikladi
Mirziyoyev o‘quvchi va o‘qituvchilarni "Bilimlar kuni" bilan tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari va ularning ustozlarini "Bilimlar kuni" bilan tabrikladi
2025-09-02T11:38+0500
2025-09-02T11:38+0500
2025-09-02T11:38+0500
o‘zbekiston
ta’lim
prezident
tabrik
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51181610_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_47bfbb74b9be337cf27e3a8d315fdf8f.jpg
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv yilining boshlanishi – “Bilimlar kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari, ustoz-murabbiylar va ota-onalarga tabrik yo‘lladi. Ushbu tabrik prezident rasmiy sayti orqali e’lon qilindi.O‘z tabrigida prezident bu yil “birinchi qo‘ng‘iroq” jaranglari ostida 720 ming nafar birinchi sinf o‘quvchisi qarshi olinganini alohida ta’kidlab o‘tgan.Shuningdek, Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonlari tobora takomillashib borayotgani, muntazam ravishda ko‘plab o‘quv maskanlari barpo etilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim tizimini isloh qilish umumxalq harakatiga aylanganini eng katta yutuq deb e’tirof etdi.Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilarga mustahkam sog‘lik, yangidan-yangi g‘alabalar va baxt tilab, maktabni “mo‘’jiza”, har bir darsni esa “beqiyos xazina”, deb e’zozladi.
https://oz.sputniknews.uz/20250831/magistratura-qabul-natijalari-51634102.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/0c/51181610_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_95cca844f6a3e64f950fd4beb1422fad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev maktab o‘quvchi ustoz bilimlar kuni tabrik
shavkat mirziyoyev maktab o‘quvchi ustoz bilimlar kuni tabrik
Mirziyoyev o‘quvchi va o‘qituvchilarni "Bilimlar kuni" bilan tabrikladi
Prezident "Birinchi qo‘ng‘iroq”lar jarangi ostida ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 720 mingdan ortiq bolalarni qutlab, eng ezgu tilaklarini izhor etdi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi o‘quv yilining boshlanishi – “Bilimlar kuni” munosabati bilan maktab o‘quvchilari, ustoz-murabbiylar va ota-onalarga tabrik yo‘lladi. Ushbu tabrik prezident rasmiy sayti orqali
e’lon qilindi.
O‘z tabrigida prezident bu yil “birinchi qo‘ng‘iroq” jaranglari ostida 720 ming nafar birinchi sinf o‘quvchisi qarshi olinganini alohida ta’kidlab o‘tgan.
“Hech shubhasiz, keyingi yillarda butun yurtimiz kabi maktablarimiz qiyofasi ham tubdan o‘zgarib, ular tom ma’noda Yangi O‘zbekiston timsoliga aylanib borayotgani barchamizni cheksiz quvontiradi. Chunki maktab qanchalik obod va charog‘on bo‘lsa, jamiyat hayoti shunchalik farovon, mazmunli va ma’rifatli bo‘ladi”, - deya ta’kidladi prezident.
Shuningdek, Mirziyoyev ta’lim-tarbiya jarayonlari tobora takomillashib borayotgani, muntazam ravishda ko‘plab o‘quv maskanlari barpo etilib, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ta’lim tizimini isloh qilish umumxalq harakatiga aylanganini eng katta yutuq deb e’tirof etdi.
Yangi o‘quv yili boshlanishi arafasida Shavkat Mirziyoyev o‘quvchilarga mustahkam sog‘lik, yangidan-yangi g‘alabalar va baxt tilab, maktabni “mo‘’jiza”, har bir darsni esa “beqiyos xazina”, deb e’zozladi.