Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina mojarosini hal qilish uchun dastlabki sabablarni bartaraf etish kerak – Putin

© Sputnik / Sergey Bobilev / Mediabankka o‘tish Vladimir Putin
 Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2025
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish imkonini beradi.
TOShKENT, 1 sen – Sputnik. Ukraina mojarosi qachonki uning dastlabki sabablari bartaraf etilsa, o‘shanda u barqaror va uzoq muddatli hal etilishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ShHT sammitida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Ukrainadagi mojaroning tartibga solinishi barqaror va uzoq muddatli xususiyatga ega bo‘lishi uchun inqirozning dastlabki sabablari bartaraf etilishi zarur... Xavfsizlik sohasida adolatli muvozanat tiklanishi kerak”, - dedi Rossiya rahbari.
Shuningdek, Putin inqiroz G‘arb Ukrainada sodir etgan davlat to‘ntarilishi natijasida yuzaga kelganini ta’kidladi. G‘arbning doimiy ravishda Kiyevni NATOga tortishga bo‘lgan urinishlari Ukraina mojarosining asosiy sabablaridan biridir.
Kirill Dmitriyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
YeI yetakchilari Ukrainadagi mojaroni cho‘zayotganini hatto AQSh ko‘rapti – Dmitriyev
Yangiliklar lentasi
0