https://oz.sputniknews.uz/20250830/shavkat-mirziyoev-aleksandr-lukashenkoni-tugilgan-kuni-bilan-tabrikladi-51614680.html
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezidentlar ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilishdi. 30.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-30T11:42+0500
2025-08-30T11:42+0500
2025-08-30T12:24+0500
o‘zbekiston
belarus
shavkat mirziyoyev
aleksandr lukashenko
diplomatik munosabatlar
tug‘ilgan kun
tabrik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39919817_0:13:1280:733_1920x0_80_0_0_bed73c594fdf336d3119da5c36e554cc.jpg
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.Lukashenko, o‘z navbatida, O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy qutlab, bardavom taraqqiyot va ravnaq tiladi.Shuningdek, Belarus prezidentining 2024-yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.O‘zbekiston va Belarus orasida turli darajada muloqot va almashinuvlar samarali davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 30 foizga oshdi. Yetakchi korxonalarning qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.
o‘zbekiston
belarus
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/0a/0d/39919817_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_3ccbb2776d21539fe72b98fd27d456c0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, belarus, shavkat mirziyoyev, aleksandr lukashenko, diplomatik munosabatlar, tug‘ilgan kun, tabrik
o‘zbekiston, belarus, shavkat mirziyoyev, aleksandr lukashenko, diplomatik munosabatlar, tug‘ilgan kun, tabrik
Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tabrikladi
11:42 30.08.2025 (yangilandi: 12:24 30.08.2025) Prezidentlar ko‘p qirrali sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Mirziyoyev Belarus yetakchisini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, do‘st Belarus xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Lukashenko, o‘z navbatida, O‘zbekiston yetakchisi va ko‘p millatli xalqini yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik kuni bilan samimiy qutlab, bardavom taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Shuningdek, Belarus prezidentining 2024-yil fevral oyida O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Belarus orasida turli darajada muloqot va almashinuvlar samarali davom etmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi yil boshidan buyon 30 foizga oshdi. Yetakchi korxonalarning qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, mashinasozlik, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Parlamentlararo, ishbilarmonlik va madaniy-gumanitar aloqalar faol rivojlanmoqda.