Mirziyoyev AQSh prezidentining maxsus vakilini qabul qildi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev prinyal spetsialnogo poslannika Prezidenta Soyedinennix Shtatov Ameriki po globalnim partnerstvam
Mirziyoyev prinyal spetsialnogo poslannika Prezidenta Soyedinennix Shtatov Ameriki po globalnim partnerstvam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2025
Obuna bo‘lish
Uchrashuvda strategik sheriklikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi hamda ‘S5+1’ formati doirasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidentining global sherikliklar bo‘yicha maxsus vakili Paolo Zampollini qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Paolo Zampolli Shavkat Mirziyoyevga Prezident Donald Trampning samimiy salomi va O‘zbekiston mustaqilligi kuni munosabati bilan tabriklarini yetkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston bilan AQSh o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
AQSh O‘zbekistonning muhim iqtisodiy hamkori hisoblanadi. 2024-yilda tovar ayirboshlash hajmi 15 foizga ko‘paydi. Loyihalar portfeli 11 milliard dollardan oshgan.
Joriy yil iyun oyida o‘tkazilgan Toshkent investitsiya forumida AQShning 100 tadan ortiq yetakchi kompaniyalari ishtirok etdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev prinyal spetsialnogo poslannika Prezidenta Soyedinennix Shtatov Ameriki po globalnim partnerstvam
Mirziyoyev prinyal spetsialnogo poslannika Prezidenta Soyedinennix Shtatov Ameriki po globalnim partnerstvam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2025
Mirziyoyev prinyal spetsialnogo poslannika Prezidenta Soyedinennix Shtatov Ameriki po globalnim partnerstvam
Mineral resurslar, aviatsiya, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalar, moliya, innovatsiyalar, ta’lim va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish uchun katta salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Bo‘lajak muloqotlar va qo‘shma tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Ma’lumot uchun: “C5+1” formati (“Central Asia 5 + 1”) — bu mintaqaviy muloqot platformasi bo‘lib, unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston, shuningdek, AQSh (“+1”) ishtirok etadi.
Prezident Uzbekistana 27-avgusta prinyal delegatsiyu vo glave s ministrom inostrannix del Yaponii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Prezident Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
Yangiliklar lentasi
0