https://oz.sputniknews.uz/20250829/mirziyoev-shht-sammiti-51606622.html
Mirziyoyev Xitoydagi ShHT sammitida ishtirok etishini tasdiqladi
Mirziyoyev Xitoydagi ShHT sammitida ishtirok etishini tasdiqladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etishini ma’lum qildi. ShHT sammiti Tanszin shahrida (Shimoliy Xitoy) 31-avgust-1 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda 20 tadan ortiq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari, 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.
2025-08-29T20:02+0500
2025-08-29T20:02+0500
2025-08-30T11:45+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23828478_0:0:2783:1565_1920x0_80_0_0_fa0a29bf0820f47f1fdbdc1b8ce52829.jpg
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etishini ma’lum qildi.Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sammit natijalari Yangi O‘zbekistonning dunyodagi o‘rni va mavqeyini yuksaltirishga, ko‘p vektorli tashqi siyosat bo‘yicha strategik maqsadlarimizni amalga oshirishga xizmat qiladi.ShHT sammiti Tanszin shahrida (Shimoliy Xitoy) 31-avgust-1 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda 20 tadan ortiq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari, 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtirgan. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud.
https://oz.sputniknews.uz/20250306/shavkat-mirziyoev-shht-nurlan-ermekbaev-48261118.html
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/07/23828478_26:0:2757:2048_1920x0_80_0_0_f9ea0a095ca07123492cf89800714155.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shavkat mirziyoyev xitoy shht sammiti tanszin sammit
shavkat mirziyoyev xitoy shht sammiti tanszin sammit
Mirziyoyev Xitoydagi ShHT sammitida ishtirok etishini tasdiqladi
20:02 29.08.2025 (yangilandi: 11:45 30.08.2025) Davlat rahbari sammit natijalari ham Yangi O‘zbekistonning dunyodagi o‘rni va mavqeyini yuksaltirishga xizmat qilishga ishonch bildirdi.
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) sammitida ishtirok etishini ma’lum qildi.
“Shu kunlarda Xitoyda yana bir yirik anjuman – Shanxay Hamkorlik Tashkiloti sammitida, uning doirasida ko‘plab uchrashuv va tadbirlarda ishtirok etamiz”, - dedi Mirziyoyev davlat mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida so‘zlagan nutqida.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sammit natijalari Yangi O‘zbekistonning dunyodagi o‘rni va mavqeyini yuksaltirishga, ko‘p vektorli tashqi siyosat bo‘yicha strategik maqsadlarimizni amalga oshirishga xizmat qiladi.
ShHT sammiti Tanszin shahrida (Shimoliy Xitoy) 31-avgust-1 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda 20 tadan ortiq mamlakatning davlat va hukumat rahbarlari, 10 ta xalqaro tashkilot rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.
Hozirda ShHT 10 ta a’zo davlatni (Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston) birlashtirgan. Shuningdek, ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega 2 ta davlat (Afg‘oniston, Mo‘g‘uliston) va 14 ta muloqot bo‘yicha hamkor (Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka) mavjud.