Mirziyoyev Mustaqillik monumentiga gulchambar qo‘ydi

© telegram sputnikuzbekistan / Mediabankka o‘tishShavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k podnojiyu monumenta Nezavisimosti
Shavkat Mirziyoyev vozlojil sveti k podnojiyu monumenta Nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2025
Obuna bo‘lish
Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida qator jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Mirziyoyev mazkur monument ona Vatan, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon o‘zbek xalqi sharafiga bunyod etilgan buyuk obida ekanini ta’kidlagan edi.
Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Prezident administratsiyasi, Vazirlar mahkamasi, Toshkent shahar jamoatchiligi vakillari ham ishtirok etdi.
Avvalroq Mustaqillik bayramining bosh tadbirlari bugun, ya’ni 29-avgust kuni bo‘lib o‘tishi xabar qilingan edi. Prezident O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etadi va bayram tabrigi bilan murojaat qiladi.
Gde_v_Tashkente_proydut_gulyaniya_v_chest_Dnya_nezavisimosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2025
Mustaqillik bayrami sayillari qayerda bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0