https://oz.sputniknews.uz/20250829/eaeu-texnik-toqimachilik-51603288.html
YeOII texnik to‘qimachilik bozori: muammolar va rivojlanish imkoniyatlari muhokama qilindi
YeOII texnik to‘qimachilik bozori: muammolar va rivojlanish imkoniyatlari muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
YeIK va biznes vakillari texnik to‘qimachilikdagi istiqbol va muammolar haqida fikr almashdi
2025-08-29T18:18+0500
2025-08-29T18:18+0500
2025-08-29T18:18+0500
o‘zbekiston va yeoii
ko‘rgazma
moskva
yeik
tekstil
bojxona
yeoii
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1d/51602149_0:143:1273:859_1920x0_80_0_0_6367b5ff7a1b5eda3dde453e26b9b812.jpg
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Moskva shahrida "Intertkan.Kuz-2025" umumtarmoq xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi "Texnik to‘qimachilikni rivojlantirishning dolzarb muammolari, tendensiyalari va o‘sish omillari" mavzusidagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Sanoat siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Georgiy Arzumanyan ishtirokchilar bilan ushbu sohaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi. Biznes vakillari jarayonni poliefir tolalari ishlab chiqarish statistikasi va bojxona hisobini tartibga solishdan boshlashni taklif qilishdi. Arzumanyanning ta’kidlashicha, xomashyo, kadrlar va moddiy baza bilan bog‘liq muammolardan tashqari, sanoat yana bir jiddiy qiyinchilikka duch kelmoqda - texnik to‘qimachilikning aniq klassifikatsiyasi, ya’ni tasnifi yo‘q. Shu sababli bozor sig‘imini baholash qiyin. Uning qo‘shimcha qilishicha, texnik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘lib, ittifoqning aksariyat davlatlarida ijobiy o‘sish tendensiyalarini ko‘rsatmoqdaMa’lumot uchun: TIF TN kodi - bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarning tasnifiy kodi.
https://oz.sputniknews.uz/20250827/ozbekiston-eoii-tashqi-savdo-51557456.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1d/51602149_0:0:1145:859_1920x0_80_0_0_fada1c1ce2004c9f1ea96f53ff71db32.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
texnik to‘qimachilik, yeoii, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, intertkan 2025 moskva ko‘rgazmasi, arzumanyan, poliamid tolalari, polipropilen tolasi, poliefir tola, texnik to‘qimachilik bozori, xomashyo ta’minoti, sanoat istiqbollari
texnik to‘qimachilik, yeoii, yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi, intertkan 2025 moskva ko‘rgazmasi, arzumanyan, poliamid tolalari, polipropilen tolasi, poliefir tola, texnik to‘qimachilik bozori, xomashyo ta’minoti, sanoat istiqbollari
YeOII texnik to‘qimachilik bozori: muammolar va rivojlanish imkoniyatlari muhokama qilindi
Texnik to‘qimachilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda YeOIIda sohaning istiqbollari, mavjud muammolari hamda texnik mato ishlab chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi
TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Moskva shahrida "Intertkan.Kuz-2025" umumtarmoq xalqaro ko‘rgazmasi doirasidagi "Texnik to‘qimachilikni rivojlantirishning dolzarb muammolari, tendensiyalari va o‘sish omillari" mavzusidagi davra suhbati
bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Sanoat siyosati departamenti direktori o‘rinbosari Georgiy Arzumanyan ishtirokchilar bilan ushbu sohaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qildi.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, texnik to‘qimachilik sohasi uchun yaxshi istiqbollar mavjud. Chunki YeOII mamlakatlari ushbu yo‘nalishda zarur bo‘lgan asosiy xomashyo — poliamid va polipropilen tolalari bilan o‘zlarini ta’minlash imkoniyati mavjud.
Biznes vakillari jarayonni poliefir tolalari ishlab chiqarish statistikasi va bojxona hisobini tartibga solishdan boshlashni taklif qilishdi.
Arzumanyanning ta’kidlashicha, xomashyo, kadrlar va moddiy baza bilan bog‘liq muammolardan tashqari, sanoat yana bir jiddiy qiyinchilikka duch kelmoqda - texnik to‘qimachilikning aniq klassifikatsiyasi, ya’ni tasnifi yo‘q. Shu sababli bozor sig‘imini baholash qiyin.
"Bozorni aniq baholash uchun texnik to‘qimachilikka tegishli barcha turdagi mahsulotlarning batafsil statistik va bojxona tasnifi zarur", - dedi YeIK vakili.
Uning qo‘shimcha qilishicha, texnik to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish uchun istiqbolli bo‘lib, ittifoqning aksariyat davlatlarida ijobiy o‘sish tendensiyalarini ko‘rsatmoqda
Ma’lumot uchun: TIF TN kodi - bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda foydalaniladigan tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarning tasnifiy kodi.