https://oz.sputniknews.uz/20250828/toshkent-mustaqillik-konferentsiya-51580188.html
Toshkentda “Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi
Toshkentda “Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi
Sputnik O‘zbekiston
Mustaqillik arafasida Toshkentda “Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi
2025-08-28T18:21+0500
2025-08-28T18:21+0500
2025-08-28T18:25+0500
o‘zbekiston
inson huquqlari bo‘yicha o‘zbekiston milliy markazi
anjuman
ilm-fan
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1c/51579605_0:72:1280:792_1920x0_80_0_0_5317032d4f7d73b2ab6c8da5757dc30f.jpg
TOShKENT, 28-avg – Sputnik. Toshkentda “Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Bu haqda Inson huqulari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi matbuot xizmati xabar qildi.Anjuman Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamkorlikda o‘tkazdi. Unda oliy yuridik ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, Milliy markaz huzuridagi kengashlar va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.Ishtirokchilar mustaqillikning 34-yilligi arafasida uning nafaqat imkoniyat, balki katta mas’uliyat ekani ta’kidlab, yuridik fan va milliy davlatchilik tarixini o‘rganish, inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirishgan.Milliy markaz direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, akademik Akmal Saidov videomurojaat orqali so‘zga chiqib, inson huquqlarini ta’minlash va ularga rioya etish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida qayd etgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/1c/51579605_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_bb5cea6e0658cbf18be76fe214cc08ca.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mustaqillik toshkent mustaqillik bebaho ne’mat mas’uliyat va imkoniyat anjuman
mustaqillik toshkent mustaqillik bebaho ne’mat mas’uliyat va imkoniyat anjuman
Toshkentda “Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” nomli anjuman bo‘lib o‘tdi
18:21 28.08.2025 (yangilandi: 18:25 28.08.2025) Yangi O‘zbekiston "davlat – xalq uchun" tamoyiliga qat’iy amal qilmoqda va global o‘zgarishlarning ajralmas qismiga aylanib bormoqda – Akmal Saidov
TOShKENT, 28-avg – Sputnik. Toshkentda “Mustaqillik – bebaho ne’mat, mas’uliyat va imkoniyat” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi. Bu haqda Inson huqulari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi matbuot xizmati xabar qildi.
Konferensiyada O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi yutuqlari, xususan, 2020-yilda qabul qilingan Milliy strategiya, so‘nggi to‘rt yilda qabul qilingan ikki kodeks, 33 ta qonun, 15 ta farmon va 10 ta hukumat qarori eslatib o‘tildi. Shuningdek, 2030-yilgacha mo‘ljallangan yangi Milliy strategiya loyihasi taqdim qilindi.
Anjuman Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamkorlikda o‘tkazdi. Unda oliy yuridik ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar, Milliy markaz huzuridagi kengashlar va mutasaddi idoralar vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilar mustaqillikning 34-yilligi arafasida uning nafaqat imkoniyat, balki katta mas’uliyat ekani ta’kidlab, yuridik fan va milliy davlatchilik tarixini o‘rganish, inson huquqlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirishgan.
Milliy markaz direktori, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, akademik Akmal Saidov videomurojaat orqali so‘zga chiqib, inson huquqlarini ta’minlash va ularga rioya etish O‘zbekistonda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida qayd etgan.