Shavkat Mirziyoyev 523 nafar mahkumni afv etdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishKoloniya obshego rejima
Koloniya obshego rejima - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Obuna bo‘lish
Amnistiya etilganlar orasida butkul ozod etilganlar, shartli muddatda ozod etilganlar va jazosi yengillashtirilganlar bor.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston mustaqilligining 34-yilligi munosabati prezident Shavkat Mirziyoyev afv farmonini imzoladi.
Hujjatga muvofiq, jami 523 nafar mahkum afv etilgan:
195 nafari jazodan to‘liq ozod qilinadi;
147 kishi muddatidan oldin shartli ozod qilinadi;
87 nafariga jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi;
94 nafariga jazo muddati qisqartirilgan.
Afv etilganlar orasida 45 nafar ayol, 31 nafar 60 yoshdan oshganlar, 22 nafar 30 yoshgacha bo‘lganlar va bir nafar voyaga yetmagan kishilar bor.

Undan tashqari, 8 nafar chet el fuqarosi, shulardan 6 nafari Tojikistondan va 1 nafari Serra-Leonedan, hamda taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etgan 15 kishi bor.
Farmonni ijro etish uchun prokuratura organlari va tegishli idoralar ozod etilganlarni yashash joylariga kuzatishni, shuningdek chet el fuqarolarini belgilangan tartibda kelib chiqqan mamlakatlariga chiqarib yuborishni tashkil etadilar.
Barcha ozod etilganlar profilaktik va probatsiya hisobiga olinadi. Ularga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi, zarur hollarda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik va davolanishda, ish topishda, kredit va subsidiyalar olishda, shuningdek fuqarolik hujjatlari va nafaqalarni rasmiylashtirishda ko‘maklashiladi.
Yangiliklar lentasi
0