https://oz.sputniknews.uz/20250828/rossiya-ukrainaga-kinjal-raketasi-bilan-zarba-berdi-51577481.html
Rossiya Ukrainaga "Kinjal" raketasi bilan zarba berdi
Rossiya Ukrainaga "Kinjal" raketasi bilan zarba berdi
Sputnik O‘zbekiston
Zarba oqibatida YeIning Kiyevdagi vakolatxonasi ham shikastlangan. 28.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-28T16:28+0500
2025-08-28T16:28+0500
2025-08-29T12:50+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
ukraina
kiyev
zenit-raketa komplekslari
"kinjal"
rossiya mudofaa vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/19/29454594_0:256:3185:2048_1920x0_80_0_0_704db098a00788ed0ac5aa5605bd8006.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘tgan tunda Rossiya Qurolli Kuchlari uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar, jumladan, "Kinjal" gipertovushli raketalari bilan Ukraina harbiy-sanoat korxonalari, havo bazalari va uchuvchisiz apparatlar tayyorlash va uchirish markazlariga guruhli zarba berdi. Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen aytishiga ko‘ra, o‘tgan tunda berilgan zarbalardan YeIning Kiyevdagi vakolatxonasi binosi ham zarar ko‘rgan. Xodimlarga zarar yetmagan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi YeKning ushbu xabariga izoh berdi.Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, o‘tgan tunda Kiyevga berilgan zarbalar natijasida 38 kishi jarohatlangan, ulardan 30 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Rossiya havo hujumidan himoya tizimlari o‘tgan sutka davomida Ukrainaning Su-27 qiruvchi samolyotini, 2ta boshqariladigan aviabombasini va 192 ta samolyot turidagi uchuvchisiz apparatini urib tushirgan.Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina 666 ta samolyot, 283 ta vertolot, 80 018 ta uchuvchisiz uchish apparatlari, 625 ta zenit-raketa komplekslari, 24 831 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1588 ta ko‘p raketali transport vositalari, 29 005 ta dala artilleriyasi va minomotlar, 40 547 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.
ukraina
kiyev
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/19/29454594_408:0:3139:2048_1920x0_80_0_0_5577ed870e929f02adb984ebab50fa6a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, ukraina, kiyev, zenit-raketa komplekslari, "kinjal" , rossiya mudofaa vazirligi
rossiya, ukraina, kiyev, zenit-raketa komplekslari, "kinjal" , rossiya mudofaa vazirligi
Rossiya Ukrainaga "Kinjal" raketasi bilan zarba berdi
16:28 28.08.2025 (yangilandi: 12:50 29.08.2025) Zarba oqibatida YeIning Kiyevdagi vakolatxonasi ham shikastlangan.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘tgan tunda Rossiya Qurolli Kuchlari uzoq masofali yuqori aniqlikdagi qurollar, jumladan, "Kinjal" gipertovushli raketalari bilan Ukraina harbiy-sanoat korxonalari, havo bazalari va uchuvchisiz apparatlar tayyorlash va uchirish markazlariga guruhli zarba berdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, zarbalar faqat Ukrainadagi harbiy va energetika obyektlari hamda ular bilan bog‘liq infratuzilmaga berilgan.
Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen aytishiga ko‘ra, o‘tgan tunda berilgan zarbalardan YeIning Kiyevdagi vakolatxonasi binosi ham zarar ko‘rgan. Xodimlarga zarar yetmagan.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi YeKning ushbu xabariga izoh berdi.
"Maxsus operatsiya davom etmoqda. Ko‘rapsizmi, Kiyev rejimi ham Rossiya infratuzilmasi obyektlariga, ko‘pincha Rossiya fuqarolik infratuzilmasiga zarba berishda davom etmoqda. Rossiya qurolli kuchlari ham o‘z vazifalarini bajarmoqda”, — dedi Dmitriy Peskov jurnalistlarga ushbu xabarga izoh berar ekan.
Ukraina poytaxti meri Vitaliy Klichkoga ko‘ra, o‘tgan tunda Kiyevga berilgan zarbalar natijasida 38 kishi jarohatlangan, ulardan 30 nafari shifoxonaga yotqizilgan.
Rossiya havo hujumidan himoya tizimlari o‘tgan sutka davomida Ukrainaning Su-27 qiruvchi samolyotini, 2ta boshqariladigan aviabombasini va 192 ta samolyot turidagi uchuvchisiz apparatini urib tushirgan.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukraina 666 ta samolyot, 283 ta vertolot, 80 018 ta uchuvchisiz uchish apparatlari, 625 ta zenit-raketa komplekslari, 24 831 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1588 ta ko‘p raketali transport vositalari, 29 005 ta dala artilleriyasi va minomotlar, 40 547 dona maxsus harbiy texnikasidan mahrum bo‘ldi.