Qozog‘istonda “Made in Uzbekistan” yarmarkasi boshlandi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka v Primorye
Rojdestvenskaya prodovolstvennaya yarmarka v Primorye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Obuna bo‘lish
U yerda Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridan 50 dan ortiq korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda.
TOShKENT, 28-avgust — Sputnik. Qozog‘istonning Aktau shahrida 28–30 avgust kunlari “Made in Uzbekistan” nomi ostidagi o‘zbek milliy mahsulotlari yarmarkasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qiladi "Dunyo" axborot agentligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yarmarkada O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahridan 50 tadan ortiq ishlab chiqaruvchi korxona o‘z mahsulotlarini taqdim etadi.
Ko‘rgazmada keng turdagi mahsulotlar — yangi va quritilgan mevalar, sabzavotlar, sut mahsulotlari, konservalar, shirinliklar, to‘qimachilik buyumlari, qurilish materiallari, mebel, elektrotexnika jihozlari, hunarmandchilik asarlari, gilamlar va suvenirlar namoyish qilinmoqda.
Qayd etilishicha, ayni tadbir “Caspian Oil City” markazida o‘tkazilmoqda. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, mazkur yarmarka Mang‘istau viloyati aholisi uchun sifatli va arzon mahsulotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish imkonini beradi.
Yangiliklar lentasi
0