O‘zbekiston Erondan yil oxirigacha 300 ming tonna po‘lat sotib oladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishIrkutskiy alyuminiyeviy zavod
Irkutskiy alyuminiyeviy zavod - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.08.2025
Obuna bo‘lish
Eron O‘zbekistonga kafolatlangan sifatli po‘lat, mis va alyuminiy yetkazib berishga tayyor.
TOShKENT, 28-avg — Sputnik. Eron Po‘lat Ishlab Chiqaruvchilar Assotsiatsiyasi va O‘zbekiston Metallurgiya uyushmasi o‘rtasida po‘lat sanoatida strategik hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolandi, deb xabar qilmoqda Tehran Times.
O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari, Metallurgiya uyushmasi raisi Gulbahor Tojimirzayeva O‘zbekiston kompaniyalari joriy yil oxirigacha Erondan 300 ming tonna po‘lat sotib olishni rejalashtirayotganini aytib o‘tdi.
Shuningdek, uyushma raisi O‘zbekiston metallurgiya sanoati ildam rivojlanayotganini va Eronning sanoatdagi texnologik tajribasi va nou-xaularini qaobul qilib olishga, O‘zbekiston hududida Eron po‘lat zavodlari joylashtirishga tayyorligini ta’kidladi.
Muzokaralarda Eron Tog‘-konlarini rivojlantirish tashkiloti - IMIDRO rahbari (va Sanoat vaziri o‘rinbosari) Moxammad Agadjanlou Eron O‘zbekistonga kafolatlangan sifatli po‘lat mahsulotlari, zanjirlar, mis, alyuminiy va injiniring xizmatlari eksport qilishga tayyor ekanini ma’lum qildi.
U, shuningdek, Eron janubidagi portlar infratuzilmasi va logistika o‘zaro savdoni qo‘llab quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Agadjanlou aytishiga ko‘ra, Eron yiliga taxminan 50 million tonna po‘lat ishlab chiqarish quvvatiga ega va shundan 10 million tonnadan ko‘prog‘ini eksport qilishga qodir.
Yangiliklar lentasi
0