https://oz.sputniknews.uz/20250828/otb-ozbekiston-yol-tarmoq-modernizatsiya-million-mablag-51572747.html
OTB O‘zbekiston yo‘llarini yangilash uchun $233 mln ajratdi
OTB O‘zbekiston yo‘llarini yangilash uchun $233 mln ajratdi
Sputnik O‘zbekiston
Osiyo Taraqqiyot Banki tomonidan O‘zbekistondagi yo‘l tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun mablag‘ ajratildi
2025-08-28T13:12+0500
2025-08-28T13:12+0500
2025-08-28T14:35+0500
iqtisod
o‘zbekiston
osiyo taraqqiyot banki (otb)
hamkorlik
yo‘l
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1b/49558696_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_7ba137bf696da59a60601ef58e64363f.jpg
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan $233,1 million kredit jalb qiladi. Ushbu mablag‘lar A380 avtomobil yo‘lini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi, deb ma’lum qildi OTB.Loyihaning umumiy qiymati $293,7 millionni tashkil etadi, shundan $60,6 millioni O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.Qurilish ishlari iqlim o‘zgarishiga chidamli texnologiyalar asosida olib boriladi — beton qoplamalar, balandlashtirilgan yo‘l to‘sinlari hamda zamonaviy drenaj tizimlari barpo etiladi.OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya ta’kidlashicha, loyiha mamlakatning mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlash, Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.Yo‘nalish bo‘ylab beshta dam olish va servis hududi barpo etiladi, ular elektr avtomobillar uchun quvvatlash stansiyalari hamda ayollar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar bilan ta’minlanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/05/1b/49558696_161:0:1121:720_1920x0_80_0_0_e741d547de96edafff915a132ae57d68.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
otb o‘zbekiston yol 233 modernizatsiya hamkorlik osiyo taraqqiyot banki
otb o‘zbekiston yol 233 modernizatsiya hamkorlik osiyo taraqqiyot banki
OTB O‘zbekiston yo‘llarini yangilash uchun $233 mln ajratdi
13:12 28.08.2025 (yangilandi: 14:35 28.08.2025) Loyiha O‘zbekistonni mintaqaviy logistika markaziga aylantirish hamda iqtisodiy barqarorlikni oshirishga xizmat qiladi – OTB.
TOShKENT, 28 avg — Sputnik. O‘zbekiston Osiyo taraqqiyot bankidan $233,1 million kredit jalb qiladi. Ushbu mablag‘lar A380 avtomobil yo‘lini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi, deb
ma’lum qildi OTB.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 87 kilometr yo‘l yangilanadi. Jumladan, 75 kilometrlik To‘rtko‘l–Ellikqala–Beruniy aylanma yo‘li quriladi, shuningdek, A380 avtomobil yo‘lining mavjud 12 kilometrlik qismi qayta ta’mirlanadi.
Loyihaning umumiy qiymati $293,7 millionni tashkil etadi, shundan $60,6 millioni O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keladi.
Qurilish ishlari iqlim o‘zgarishiga chidamli texnologiyalar asosida olib boriladi — beton qoplamalar, balandlashtirilgan yo‘l to‘sinlari hamda zamonaviy drenaj tizimlari barpo etiladi.
OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Kanokpan Lao-Araya ta’kidlashicha, loyiha mamlakatning mintaqaviy tranzit markazi sifatidagi o‘rnini mustahkamlash, Qoraqalpog‘istonda iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Yo‘nalish bo‘ylab beshta dam olish va servis hududi barpo etiladi, ular elektr avtomobillar uchun quvvatlash stansiyalari hamda ayollar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar bilan ta’minlanadi.