Senatda Avstriya va Turkiyadagi elchilarning hisobotlari eshitildi

© Senat Oliy majlisaV Senate zaslushani otcheti poslov Uzbekistana v Tursii i Avstrii
V Senate zaslushani otcheti poslov Uzbekistana v Tursii i Avstrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
Obuna bo‘lish
Elchilarga O‘zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash, investitsiya jalb qilish hamda ushbu davlatlardagi o‘zbekistonliklarga sifatli yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq vazifalar belgilanib olindi
TOShKENT, 27 avg – Sputnik. Joriy yilning 26-avgust kuni Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu majlisda O‘zbekistonning Turkiya va Avstriyadagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlarining davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va boshqa masalalar bo‘yicha hisobotlari eshitildi
Majlisda senatorlar, mutasaddi vazirlik va idoralar hamda viloyatlar hokimligi rahbarlari, shuningdek, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining doimiy komissiyalari raislari, O‘zbekiston eksportchilar uyushmasi vakillari, Yoshlar parlamenti a’zolari, ekspertlar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, milliy mahsulotlarimizning jahon bozoridagi ulushini oshirish va O‘zbekistonning xalqaro imijini mustahkamlash qilib belglab berilganligiga yana bir bor urg‘u berildi.
© Senat Oliy majlisaV Senate zaslushani otcheti poslov Uzbekistana v Tursii i Avstrii
V Senate zaslushani otcheti poslov Uzbekistana v Tursii i Avstrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
V Senate zaslushani otcheti poslov Uzbekistana v Tursii i Avstrii
O‘zbekistonning Turkiya va Avstriyadagi diplomatik vakolatxonalari tomonidan 2024-2025-yillarda savdo-iqtisodiy, investitsiya, eksport, logistika, transport, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, madaniyat, turizm va tashqi migratsiya kabi muhim sohalarda hamkorlik aloqalarini yana-da kengaytirish hamda tegishli “yo‘l xaritalari”da belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, yaqinda bo‘lib o‘tgan videoselektorlarda prezident tomonidan meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini ko‘paytirish hamda to‘qimachilik sohasida eksport imkoniyatlarini ishga solish bo‘yicha elchixonalarga berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Mazkur diplomatik vakolatxonalarning faoliyati samaradorligini oshirishda ularning mutasaddi vazirlik va idoralar hamda hokimliklar bilan muntazam va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarini yo‘lga qo‘yish zarurligi alohida qayd etildi.
© Senat Oliy majlisaV Senate zaslushani otcheti poslov Uzbekistana v Tursii i Avstrii
V Senate zaslushani otcheti poslov Uzbekistana v Tursii i Avstrii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2025
V Senate zaslushani otcheti poslov Uzbekistana v Tursii i Avstrii
Bundan tashqari, ushbu mamlakatlarda vaqtincha bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga sifatli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish, mahalliy kompaniyalar bilan aloqalarni faollashtirish, shuningdek, o‘zbekistonlik tadbirkorlar va ishbilarmonlarga yaqindan yordam berish hamda mamlakatning investitsiyaviy manfaatlarini ilgari surish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi hamda tegishli tavsiyalar berildi.
Muhokama yakunlari bo‘yicha qo‘mitaning tegishli qarori qabul qilindi.
Belarus provedot Dni kulturi v Uzbekistane i priglashayet Tashkent na “Slavanskiy bazar” - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2025
Belarus va O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlikning yangi yo‘l xaritasini ishlab chiqmoqda — elchi
Yangiliklar lentasi
0