https://oz.sputniknews.uz/20250825/shaxmat-ozbekiston-osmir-olimpiada-51477474.html
O‘zbekistonlik o‘smirlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egalladi
O‘zbekistonlik o‘smirlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egalladi
Sputnik O‘zbekiston
Birinchi o‘rinni FIDE, ya’ni jahon terma jamoasi qo‘lga kiritdi. 2023-yil Niderlandiyada o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston vakillari 63 ta jamoa... 25.08.2025, Sputnik O‘zbekiston
2025-08-25T10:08+0500
2025-08-25T10:08+0500
2025-08-25T10:35+0500
shaxmat
butunjahon shaxmat olimpiadasi
sport
o‘zbekiston
humoyun bekmurodov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51480618_0:159:3073:1888_1920x0_80_0_0_175514be54df387d3b9476871edc051a.jpg
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Butunjahon o‘smirlar olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 16–23 avgust kunlari Kolumbiyaning Barrankiliya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli turnirda besh qit’aning 45 tadan ortiq delegatsiyasi safida 340 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.9 tur davomida o‘zbekistonlik shaxmatchilar 7 g‘alaba va 2 durang natijasiga erishishdi.Shaxsiy muvaffaqiyatlar ham qayd etildi. Ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z taxtasi bo‘yicha sovrindorlar safidan joy oldi:Shuni ta’kidlash joizki, FIDE terma jamoasi mamlakat emas, balki turli davlatlardan yosh iqtidorlardan tuzilgan jamoa hisoblanadi. Shu bois milliy termalar orasida O‘zbekiston eng yaxshi natijani qayd etdi.Ma’lumot uchun: FIDE terma jamoasi – turli mamlakatlarning yosh iste’dodlaridan tuzilgan jamoa. Birinchi, ikkinchi va boshqa doskalar – jamoa ichidagi o‘yinchilar tartibi. Birinchi taxtada terma jamoaning eng kuchli shaxmatchisi, keyingi taxtalarda esa qolganlari o‘ynaydi.Ochkolar – shaxmatda g‘alaba uchun 1 ochko, durang uchun 0,5 ochko, mag‘lubiyat uchun esa 0 ochko beriladi.
https://oz.sputniknews.uz/20240924/mirziyoev-shaxmat-jamoa-tabrik-45803819.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2025
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e9/08/19/51480618_172:0:2901:2047_1920x0_80_0_0_d831506061f99e99621c9ef68d2fc7f4.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, sport, o‘zbekiston, humoyun bekmurodov
shaxmat, butunjahon shaxmat olimpiadasi, sport, o‘zbekiston, humoyun bekmurodov
O‘zbekistonlik o‘smirlar Butunjahon shaxmat olimpiadasida ikkinchi o‘rinni egalladi
10:08 25.08.2025 (yangilandi: 10:35 25.08.2025) Birinchi o‘rinni FIDE, ya’ni jahon terma jamoasi qo‘lga kiritdi. 2023-yil Niderlandiyada o‘tgan Butunjahon shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston vakillari 63 ta jamoa orasida 20-o‘rinni egallagandi.
TOShKENT, 25 avg – Sputnik. Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan shaxmat bo‘yicha Butunjahon o‘smirlar olimpiadasida O‘zbekiston jamoasi ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Sport vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) ma’lumotlariga
ko‘ra, joriy yilning 16–23 avgust kunlari Kolumbiyaning Barrankiliya shahrida 16 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli turnirda besh qit’aning 45 tadan ortiq delegatsiyasi safida 340 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida o‘zbekistonlik o‘smirlar munosib tarzda faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
9 tur davomida o‘zbekistonlik shaxmatchilar 7 g‘alaba va 2 durang natijasiga erishishdi.
Shaxsiy muvaffaqiyatlar ham qayd etildi. Ikki nafar o‘zbekistonlik sportchi o‘z taxtasi bo‘yicha sovrindorlar safidan joy oldi:
Muhammadzo Suyarov – birinchi doskada 2-o‘rin (9 ochkodan 7 ochko).
Humoyun Bekmurodov – ikkinchi doskada 2-o‘rin (9 ochkodan 7 ochko)
Shuni ta’kidlash joizki, FIDE terma jamoasi mamlakat emas, balki turli davlatlardan yosh iqtidorlardan tuzilgan jamoa hisoblanadi. Shu bois milliy termalar orasida O‘zbekiston eng yaxshi natijani qayd etdi.
Ma’lumot uchun: FIDE terma jamoasi – turli mamlakatlarning yosh iste’dodlaridan tuzilgan jamoa. Birinchi, ikkinchi va boshqa doskalar – jamoa ichidagi o‘yinchilar tartibi. Birinchi taxtada terma jamoaning eng kuchli shaxmatchisi, keyingi taxtalarda esa qolganlari o‘ynaydi.
Ochkolar – shaxmatda g‘alaba uchun 1 ochko, durang uchun 0,5 ochko, mag‘lubiyat uchun esa 0 ochko beriladi.